Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:32

Demokratik saylovda Qirg‘izistondagi hukmron partiyalar mag‘lub bo‘ldi


Kyrgyzstan -- Members of a local electoral commission count ballots at the end of the voting day of a parliamentary election, in Bishkek, 10Oct2010
Kyrgyzstan -- Members of a local electoral commission count ballots at the end of the voting day of a parliamentary election, in Bishkek, 10Oct2010
Kutilmaganda Qirg'izistonda 10 oktabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovida nisbatan yangi va radikal millatchilik g'oyalarni ilgrai surgan "Ota Yurt" suyosiy partiyasi g'alaba qozondi. Tahlilchilar parlament saylovida radikal millatchi partiyaning eng ko‘p ovoz yiqqaniga shu yil iyun oyida O‘sh va Jalolobodda sodir bo‘lgan qonli voqealar sezilarli darajada ta‘sir ko‘rsatdi, degan fikrdalar.

Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi e‘lon qilgan dastlabki ma‘lumotlar ayni paytda parlament respublikasi tarafdori hisoblangan hukmron partiyalar uchun kutilmagan zarba bo‘ldi. Buni hukmron “Ota Makon” partiyasi rasmiysi Ravshan Jeenbekov ochiq tan oldi:

- O‘tkazilgan barcha siyosiy va ijtimoiy so‘rovlar, tahlillar “Ota Makon” partiyasi saylovda g‘olib bo‘lishini ko‘rsatgan edi. Biroq negadir bunday bo‘lmadi. Biz partiya yig‘inida maslahatlashib, “umuman demokratiya degani mana shunday bo‘ladi, shuning uchun ham xalqning tanloviga bo‘ysunamiz”, deb qaror qildik, - dedi Ravshan Jeenbekov.

Qirg‘iziston saylov qonunlariga muvofiq, siyosiy partiyalar har bir viloyatda 0,5 foizlik va respublika bo‘ylab 5 foizlik to‘siqdan o‘tkandagina parlamentdan joy olishi mumkin.
Tahlilchilar tomonidan parlamentdagi asosiy ko‘pchilik o‘rinlarni egallashi bashorat qilingan “Ota makon” partiyasi saylovchilarning 5 foizdan ortiqroq ovozini olib, saylovda g‘alaba qozongan partiyalar ro‘yxatining 5 pog‘onasini egallab turibdi. Prezident Roza O‘tunboyeva a‘zo bo‘lgan Sotsial-demokratlar partiyasi esa 8 foiz ovoz olib, mazkur ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni olgan.

Uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni esa Feliks Kulov rahbarligidagi “Or-nomus” va O‘murbek Babanov raisligidagi “Respublika” partiyalari egallagan.

Matbuotda radikal millatchi partiya sifatida tilga olinayotgan “Ota yurt” partiyasi esa saylovchilarning 9 foizga yaqin ovozini olib 1-o‘ringa chiqqan. Aytib o‘tish lozimki, bu uch partiya kuchli prezidentlik boshqaruvi tarafdoridir.

Agar Markaziy saylov komissiyasining yakuniy hisob-kitobida juz‘iy o‘zgarishlar bo‘lmasa, “Ota yurt” partiyasi parlamentda 28 o‘rinni, ayni paytda hukumron bo‘lgan Sotsial –demokratlar partiyasi 26 o‘rinni, “Or –nomus” partiyasi 24 o‘rinni, “Respublika” partiyasi 23 o‘rinni, amalda hukmron bo‘lgan “Ota Makon” partiyasi esa 19 o‘rinni egallaydi.

Qirg‘izistondagi saylov jarayonini kuzatgan huquqshunos Dmitriy Kabak fikricha, O‘sh voqealaridan so‘ng mamlakat janubidagi qirg‘iz saylovchilarining asosiy qismi millatchilik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan partiyaga ovoz berishi kutilgan natija edi. Dmitriy Kabak general Feliks Qulov rahbarligidagi “Or-nomus” partiyasi ayni millatchilik g‘oyalarining urchib ketishidan qo‘rqqan saylovchilar qo‘llovi bilan g‘alaba qozondi, deb hisoblaydi.
Qirg'izistonga Ota Yurt partiyasining yetakchilaridan biri Qamchibek Tashiev o'zining millatchilik go'yalari bilan ancha mashxur.
- Janubiy viloyatlarda bu “Ota yurt” partiyasi hamraisi Qamchibek Tashiyevning millatchilik chaqiriqlari tufayli yuzaga kelgan qo‘rquvda aks etdi. Buning oqibatida janublik saylovchilarning muayyan qismi o‘z ovozlarini parlament boshqaruvi va demokratiya tarafdori bo‘lgan hukmron partiyalarga emas, qattiqqo‘llik hamda kuchli prezident hokimiyatini va‘da qilayotgan “Or-nomus” partiyasiga berishdi. Hukmron bo‘lgan “Ota Makon” va Sotsial–demokratlar partiyasi janubda yutqazdi, - dedi Dmitriy Kabak.

Ayrim siyosatshunoslar 7 apreldagi davlat to‘ntarishini amalga oshirgan “Ota Makon” va Sotsial-demokratlar partiyalarining saylovda kutilganidek asosiy ovozlarni ololmaganlariga tashqi omillar ham ta‘sir ko‘rsatgan, deb hisoblaydilar. Masalan, saylovga bir necha kun qolganida Rossiya telekanallarida “Ota makon” partiyasi rahbari O‘murbek Tekebayevga qarshi kuchli qoralash kampaniyasi o‘tkazilgan.

Ikkinchidan esa, Qirg‘iziston yangi parlamentdagi 120 o‘rinni egallashi kutilayotgan 5 partiyadan uchtasini Rossiya qo‘llab-quvvatlashini namoyish qilgan edi. Saylov arafasida “Sotsial-demokratlar”, “Or-nomus” va “Respublika” partiyalari rahbarlarini alohida-alohida Rossiya prezidenti Vladimir Medvyedev va Bosh vazir Vladimir Putin qabul qilgan edi.
XS
SM
MD
LG