Slovakiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining Ozodlikka aytishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Slovakiyaga belgilangan tashrifi ikki tomon o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq noma‘lum muddatga qoldirilgan.
Tashqi ishlar vazirligi buning sababini oshkor qilmadi.
Karimovning Bratislavaga safari 12 oktabr kuni boshlanishi kutilayotgan edi.
Bu Andijon voqealaridan keyin O‘zbekiston rahbarining Yevropa Ittifoqi davlatiga birinchi rasmiy safari bo‘lishi kerak edi.