Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:51

Sirli o'zbek kim?


Boris Grebenshikov, "Akvarium" rock guruhininh solisti, kompozitor.
Boris Grebenshikov, "Akvarium" rock guruhininh solisti, kompozitor.
Rossiyaning eng eski va mashxur rok guruhlaridan biri “Akvarium” yangi qo’shig’ini o’z muhlislariga taqdim etdi. O’rinli savol berishingiz mumkin: “Nima qipti? Bizga buni nima dahli bor?” Dahli bor. Bo’lgandayam juda qiziq dahli bor.

Hamma gap Akvariumning yangi qo’shig’ining nomida. U juda ham qiziq bo’lib, muxlislar orasida katta bahslarga sabab bo’ldi. “Sirli o’zbek bizning oramizda” (“Тайный узбек уже здесь”) nomi ostida chiqgan Akvarimumning bu san’at asari kritiklarga ham juda yoqib tushgan. Biroq, to’rt banddan iborat bo’lgan va guruhning solisti Boris Grebenshikov tarafidan mohirona ijro etilgan qo’shiqning asl ma’nosini hozircha hech kim tushuna olgani yo’q.

Internet forumlarida Akvarium rok guruhi muhlislari “Sirli o’zbek bizing oramizda” qo’shig'i bo’yicha qizg'in bahslar olib borishmoqda. Hammani bir savol qiziqtiradi: “Qo’shiqning asl ma’nosi nima va sirli o’zbek kim?”

Qo'shiqning to'liq matnini rus tilida bu erda o'qing. Audiosini esa bu erda eshiting.
"Kim bu sirli o’zbek? Ho’ja Nasriddinmi yoki biz ismini bilmagan sufiy insonmi? Menimcha qo’shiq ma’nosini hech kim tushungani yo’q, biroq hamma undan zavqlanmoqda", deb yozadi Liza_now ismli muxlis o’z blogida.

Biz ham “Sirli o’zbek”ning ma’nosini tushunish uchun qo’shiqni bir necha marotaba eshitib ko’rdik. Biroq qo’shiq matnida ishlatilgan bir qator metafora va tashbehlarning ma’nosini Akvarium guruhi o’zi tushuntirib barmaguncha bizdek oddiy insonga idrok qilish qiyin ko'rinadi.

Lekin qo’shiqning ohirgi satrlari bizni bu qo’shiq Rossiyadagi minglagan o'zbek mehnat muhojirlari, ya’ni gastarbayterlar haqida, degan fikrga undadi.

“Agar biz chuqur zindonga qamalib ham olsak
Agar samolyot va poezdlarni buzib tashlasak
Bu unga halaqit qilmaydi
O’zining makonidan bizning yurtga kelishiga
Qaytaraman, yig’i va baqiriqlarga o’rin yo’q
Hammasi o’zgarmasdan qoladi
Gap nimadaligini bilganlar biladi va indamaydi
Negaki Sirli O’zbek bizning oramizda”

Aziz mushtariy, siz nima deysiz?
XS
SM
MD
LG