Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:53

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari Toshkentga bordi


AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari general Jeyms Mattisning uch kunlik safar bilan Toshkentga keldi.

Bu haqda “Gazeta.uz” nashri bergan xabarga ko‘ra, uch kunlik safar davomida O‘zbekiston rahbariyati bilan shaxsan uchrashish va mamlakat bilan tanishishni niyat qilgan general Mattis hukumat rasmiylari bilan mintaqa xavfsizligi hamda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan.

AQSh Bosh qo‘mondoni general Jeyms Mattis va O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-mayor Qobul Berdiyevlar o‘rtasida 2011 yilda xavfsizlik sohasida hamkorlikka oid dastur imzolangani xabar qilinmoqda.

AQSh generalining O‘zbekistonga safari uning Markaziy Osiyo mintaqasiga safari doirasida amalga oshirildi va bundan oldin general Mattis Bishkekda bo‘lib, prezident Ro‘za O‘tunbayeva bilan uchrashdi.
XS
SM
MD
LG