Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:14

"Al-Qoida" yangi bomba-jo‘natmalar bilan tahdid qilmoqda


"Al-Qoida” tarmog‘i G‘arbga bomba jo‘natmalari jo‘natishda davom etishini aytib, tahdid qildi.

Terror tashkilotining Arab davlatlaridagi tarmog‘i internetda tarqatgan bayonotda aytilishicha, bunday bombalarni tayyorlash guruhdan ko‘p vaqt va sarf-harajat talab qilmaydi. Guruhga ko‘ra, bir dona bomba-jo‘natma harajati 4 ming AQSh dollaridan ortiqroqqa tushadi.

Oktabr oyida ikkita shunday jo‘natma Yamandan AQShga jo‘natilgan edi. Ular Buyuk Britaniya va Dubay aeroportlarida tutib qolingan.

Shundan so‘ng Yevropa Ittifoqiga a‘zo aksariyat davlatlar egasiz jo‘natmalar va yuklar nazoratini kuchaytirgan. Britaniya, Fransiya kabi davlatlar esa Yamandan pochta jo‘natmalarini qabul qilishni to‘xtatgan edi.
XS
SM
MD
LG