Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 17:49

Aprel voqealari bo‘yicha Bishkek sudi davom etadi


Qirg‘izistonda aprel voqealarida aybalanayotganlar ustidan mahkama jarayonlari qayta boshlanishi kutilmoqda.

Adliya vazirligi himoya tomoniga dushanba kuni sud majlisiga kelishini aytgan. Bundan oldin advokatlar o‘z xavfsizligiga tahdid bois mahkamada ishtirok etishdan bosh tortgan edi.

Sobiq prezident Qurmonbek Bakiyev, uning qarindosh va safdoshlari o‘z xizmat vazifasini suiiste‘mol qilganlik hamda 7 aprel kuni Bishkekda namoyishchilarni o‘qqa tutganlikda ayblanmoqda.

Hozir sudlanuvchi kursisida 22 nafar sobiq amaldor o‘tiribdi. Sobiq prezident Bakiyev yetakchiligidagi yana besh amaldor esa xalqaro qidiruvga berilgan.

Shu yil 7 aprel kuni Bishkekda bo‘lgan namoyish chog‘ida 80 ga yaqin odam otib tashlangan edi. Tergov xulosalariga ko‘ra, bunda sobiq prezident Qurmonbek Bakiyev va uning safdoshlari aybdordir.
XS
SM
MD
LG