Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:46

Prezidentning hakamga bo'lgan e'tirozi o'rinlimi?


O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Mirabror Usmonov eronlik hakamning qaroriga norozichilik bildirib o'yinning so'ngida unga qo'l uzatmadi.
O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Mirabror Usmonov eronlik hakamning qaroriga norozichilik bildirib o'yinning so'ngida unga qo'l uzatmadi.
O'zbekistonning futbol bo'yicha 16 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasi 7 noyabr kuni Toshkentdagi Paxtakor stadionida o'tgan Osiyo chempionligining final o'yinida Shimoliy Koreyalik tengdoshlariga 2:0 hisobi bilan g'alabani boy bergani haqida yozgan edik.

Esingizda bo'lsa, finalgacha yengilmasdan etib kelgan O'zbekiston terma jamoasining mag'lubiyatiga asosiy sabablardan biri o'yinning 32 daqiqasida markaziy ximoyachi Sardor Raxmonovni o'yin qoidasini buzganligi uchun qizil kartochka ko'rsatilib maydondan chetlatilgani bo'lgan edi. Buni hatto Shimoliy Koreya terma jamoasining murabbiyi Ri Son Xo ham tan oldi.

- Odatda futbol 11 nafar o'yinchi bilan o'ynaladi. Bir kishining maydondan chetlatilishi katta yo'qotish, dedi Ri Son Xo o'yindan so'ng uyushtirilgan matbuot anjumanida.

Sardor Raxmonovga qo'pol, lekin qizil kartochka darajasiga yaramaydigan hatti-harakatlari uchun maydondan chetlatilishi katta baxslarga sabab bo'ldi. Eronlik hakam Alireza Faganining bunday qaror chiqarishiga nima sabab bo'ldi? Shimoliy Koreya o'yinchisining simulyatsiyasimi yoki boshqa omillarmi? Nima sabab bo'lishidan qat'iy nazar vaqtni orqaga qaytarib bo'lmaydi.

Buni bilgan O'zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidenti Mirabror Usmonov eronlik hakamning qaroriga norozichilik bildirib o'yinning so'ngida unga qo'l uzatmadi. Qanday deysizmi? Video klipni tamosha qiling:



Shu o'rinda savol tug'iladi: Mirabror Usmonov kabi sport sohasida yuqori lavozimni egallagan inson bunday qilishi to'g'rimi? Ahir Mirabror Usmonov O'zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti o'laroq nafaqat o'zining shaxsiy fikrini, balki butun O'zbekiston pozitsiyasini bildirmaydimi? Ahir bu maxalliy o'yin emas, halqaro o'yin. Nima deysiz, mushtariy?
XS
SM
MD
LG