Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 18:16

Karimovning ikki kunlik Qatar safari tugadi


Islom Karimov poytaxt Dohada Qatar amiri shayx Hamad bin Xalif Al Sani bilan muzokara olib bordi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, muloqot chog‘ida Qatar amiri o‘z mamlakati O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon-Qatar transport-kommunikatsiya yo‘lini barpo etish haqidagi Islom Karimovning tashabbusiga qiziqish bildirganini aytgan.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Qatar aloqalarini kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar ham muhokama etilgan.

Ikki davlat Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida atrof-muhitni saqlash va turizm sohalarida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Ayni paytda¸ O‘zbekiston va Qatarning Savdo-sanoat palatalari tadbirkorlari Qo‘shma kengashini tuzish borasida kelishuvga erishdi.

Islom Karimovning Qatarga ilk safari davomida unga Bosh vazir birinchi o‘rinbosari va Moliya vaziri Rustam Azimov, Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi iqtisodiy aloqalar, invyestitsiya va savdo vaziri Elyor G‘aniyev va Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov hamrohlik qildi.

Qatar 1991 yil dekabrida arab davlatlari ichida birinchilar qatori O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan.

1997 yilda esa ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilgan.
XS
SM
MD
LG