Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:23

Qirg‘iziston O‘zbekistondan ko‘chib kelgan qirg‘izlarga uy qurib bermoqda


Jalolobod viloyat, Novken tumani, Soqoldi qishloq hukumatiga qarashli Chek qishlog‘ida O‘zbekistondan ko‘chib kelgan qirg‘izlar uchun barpo etilayotgan uylar qurilishi yakuniga yetmoqda. Bu haqda "AKIpress-Fergana" agentligi xabar qildi.

Tuman davlat ma‘muriyatidan olingan ma‘lumotga qaraganda, Chek qishlog‘ida yashagan 24 qirg‘iz oilasining uylari qo‘shni davlat bilan chegara aniqlanganda O‘zbekiston hududida qolib qolgan. Joriy yil yozida Qirg‘iziston ularga uy qurib olish uchun yer, har bir oilaga 200 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida ssuda puli ajratdi.

Bundan tashqari, xalqaro donorlar 22 oilaga 28 kv. metrli, 2 oilaga 42 kv. metrli uy qurib berdi. Har bir oilaga 650 dollardan 950 dollargacha pul berdi. Har oila oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak hamda chodirlar bilan ta‘minlandi.

Mahalliy hokimiyat bu 24 qirg‘iz oilasining yangi uylarini elektr quvvati bilan ta‘minlash uchun 3,2 mln., yo‘l solish uchun 3,2 mln., ichimlik suvi yetkazib berish uchun 4,2 mln. qirg‘iz so‘mi sarflamoqchi.
XS
SM
MD
LG