Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:46

Yevropada o‘ndan ortiq odam sovuqda nobud bo‘ldi


Yevropa davlatlarida qalin qor yoqqani va havo haroratining keskin pasayib ketgani oqibatida Polshada kamida sakkiz nafar uysiz kishi nobud bo‘ldi.

Chexiyadagi axborot agentliklari mamlakatda uch kishi sovuqda nobud bo‘lgani bildirildi.

Ayni paytda kuchli qor yog‘ishi oqibatida Britaniyadagi eng serqatnov Geytvik aeroporti, Shvyeysariyaning Jeneva, Shotlandiyaning Edinburg va Fransiyaning Lion va boshqa shaharlardagi aeroportlar faoliyatini to‘xtab qoldi.

Seshanba kuni tunda Polshaning Byaliston shahrida eng sovuq harorat, Selziy o‘lchovi bo‘yicha – 26 daraja qayd etildi.

Qor yog‘ishi Yevrostar poyezdlarining “Kanal Tuneli” orqali qatnovni kechiktirdi.

Shuningdek, seshanba kuni faqat Germaniyadagi avtomobil yo‘llarida 2000 dan ortiq avariya sodir bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG