Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:19

Wikileaks: Turkmaniston prezidenti “kaltafahm”


Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Wikileaks e‘lon qilgan maxfiy hujjatlarning navbatdagi qahramoniga aylandi.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Wikileaks e‘lon qilgan maxfiy hujjatlarning navbatdagi qahramoniga aylandi.
Wikileaks sayti e‘lon qilgan so‘nggi maxfiy hujjatlardan birida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov “kaltafahm”, “odamlardan gumonsiraydigan” va “uchiga chiqqan yolg‘onchi”, deya ta‘riflangan.

2009 yilda AQShning Turkmanistondagi ishonchli vakili Silviya Rid Kurran Vashingtonga yuborgan depeshada turkman yetakchisiga berilgan bu tasniflarning qaysi manbadan olingani oshkor qilinmagan.

Maxfiy telegrammada Berdimuhmmedovning shaxsiyati va boshqa odamlar bilan munosabatlariga oid qator fikrlar berilgan.

Masalan, hujjatda aytilishicha, Berdimuhmmedov O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov va Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevlarni “yoqtirmaydi”.

Bundan tashqari, AQSh elchisiga nisbat berilgan hujjatda Ashxobod rahbarining Qo‘shma Shtatlar, Eron yoki Turkiyani yoqtirmasligi, biroq Xitoyni hurmat qilishi aytiladi.

Qiziq, Wikileaks O'zbekiston haqida qanday sirlarni oshkor qilar ekan?
XS
SM
MD
LG