Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:04

WikiLeaks: Sunniy janggarilarni Riyod qurollantirgan


Wikileaks sayti e‘lon qilgan AQSh diplomatik yozishmalariga oid maxfiy hujjatlarda Saudiya Arabistoni sunniy musulmon janggari guruhlarning asosiy ta‘minotchisi ekani aytilgan.

Bunday janggari guruhlar sirasidan Al-Qoyda, Tolibon, Lashkari-Toyyiba va Hamas guruhi nomlari tilga olingan.

Shu vaqtga qadar AQSh Davlat departamenti Saudiya Arabistoni hukumatini janggarilar homiysi sifatida rasman ayblamagan. Biroq, Vashington o‘z rasmiy bayonotlarida janggari guruhlar Saudiyadagi norasmiy manbalardan Haj ziyorati va Ramazon oylarida mablag‘ olganiga ishoratlar qilgan edi.

Wikileaks e‘lon qilgan hujjatlar ichida Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlar — Qatar, Quvayt va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar ham musulmon janggari guruhlarning moliyaviy ta‘minot manbai, deb hisoblangani keltirilgan.
XS
SM
MD
LG