Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:10

Google o‘z ijtimoiy tarmog‘iga nom tanlamoqda


Yangi texnologiyalar haqidagi mashhur sayt Techcrunchga ko‘ra, hozirgi paytda Google o‘z ijtimoiy tarmog‘ini tashkil qilishning oxirgi bosqichiga o‘tgan.

Siz hali mashhur qidiruv tizimining Facebook yoki Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarga raqobatchi ijtimoiy tarmoq tashkil qilayotganidan bexabarmisiz? Unda bilingki, bu haqiqatan ham shunday va tez orada (afsuski qachon ekanligi noma‘lum) Google ning ijtimoiy tarmog‘i dunyo yuzini ko‘radi. Ish shu darajaga yetdiki, hozir ishlab chiqaruvchilar o‘z loyihalari uchun nom tanlashmoqda.

Loyihaning kod nomi “Emerald Sea” deb ataladi. Bunday kod nomlari ko‘pincha ishlab chiqaruvchilar tomonidan gap nima haqida borayotgani tushunarsiz bo‘lishi uchun tanlanadi. Hozir kompaniya o‘z loyihasiga nom izlamoqda. Hozircha bu nomning “Google + 1″ yoki “Google pilus bir” (“Google Plus One”) bo‘lishi aniqroq bo‘lib turibdi.

Bu hozircha Google ofisidan chiqqan ma‘lumotlarga asoslangan taxmin xolos. Ammo, loyihaning nomi aynan shunday bo‘lishi haqiqatga yaqinroq. “+1” ijtimoiy tarmoqda biz yagona emasmiz degan bir ishora.

Loyihaning boshqa bir nomi ham bor. Bu “@Google”.

Shuni ham ta‘kidlash joizki, “Google +1″ning nimalarni taqdim qilishi haqida ma‘lumotlar bor. Hozirgi mavjud variantga ko‘ra, bu Googlening ko‘plab xizmatlarida maxsus tulbar sifatida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari bu Chrome brauzeri uchun kengayish yoki tulbar bo‘lishi mumkin.

Google ijtimoiy tarmoq bozorining bir qismini qo‘lga kiritishga qaror qilganga o‘xshaydi. Albatta, bu hozirgi mavjud ijtimoiy tarmoqlar uchun munosib raqobatchi. Hatto ijtimoiy tarmoqlarning eng kattalasi bo‘lgan Facebook uni o‘ziga munosib jiddiy raqib deb hisoblasa bo‘ladi.

Qiziq, "Google +1" o'zbekistonlik internet foydalanuvchilarini Odnoklassniki.ru va Mail.Runing "Moy mir" ijtimoiy tarmog'idan tortib olish qudratiga ega bo'larmikin?
XS
SM
MD
LG