Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:21

Radd: Assanj emas, amerikaliklarning o‘zi javobgar


Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Kevin Radd
Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Kevin Radd
Avstraliya Tashqi ishlar vaziri AQSh hukumati Wikileaksning asoschisini emas, balki ushbu saytda mahfiy hujjatlarning oshkor qilinishini qoralashi lozimligini ta‘kidlab, bayonot berdi.

“Janob Assanjning o‘zi AQSh diplomatik tarmoqlariga oid chorak million mahfiy hujjatning oshkor etilishiga javobgar emas. Buning uchun amerikaliklarning o‘zi javobgar”, dedi Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Kevin Radd.

Vazir janoblari Julian Assanj aybsiz, deb topilishi kerakligini va o‘z davlati xorijda qo‘lga olingan barcha fuqarolari kabi Assanjni ham oxiriga qadar himoya qilishini aytdi.
XS
SM
MD
LG