Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 05:34

Berluskoni parlament ishonchini qozondi


Italiya Bosh vaziri Silvio Berluskoni mamlakat parlamenti ishonchini qozondi.

Bugun Italiya parlamentida Berluskoni hukumatiga ishonchsizlik bildirish masalasi ovozga qo‘yildi.

314 deputat Berluskonini qo‘llab ovoz berdi. 311 nafari unga ishonchsizlik bildirdi.

Yaqinda Berluskonining ko‘plab tarafdorlari muxolifat tomoniga o‘tib ketgani bois hozir parlamentda uning tarfdorlari soni muxoliflari soni bilan deyarli tenglashgan edi.

Korrupsiya bilan bog‘liq janjal bois Berluskoni hukumatiga ishonchsizlik kuchaygan.

Ayni paytda Rimda Berluskoni iste‘fosi talabi bilan norozilik o‘tkazayotgan olamonni tarqatish uchun politsiya ko‘zdan yosh chiqazuvchi gaz ko‘lladi.
XS
SM
MD
LG