Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:11

Xodorkovskiy ustidan hukm 27 dekabrda o‘qiladi


Moskva sudi YuKOS shirkati rahbarlari ustidan hukm e‘lon qilinishini 27 dekabrga qoldirdi.

Hozirda Mixail Xodorkovskiy va Platon Lebedevlar soliqdan bo‘yin tovlash hamda tovlamachilikda ayblanib, birinchi qamoq muddatini o‘tamoqda.

Ikkinchi sudlovda Prokurorlar ayblanuvchilarga so‘ragan 14 yillik qamoq jazosi berilsa, ular 2017 yilga qadar panjara ortida qolishi mumkin.

Xodorkovskiy tarafdorlari bu ayblovlarni asossiz, deb, hukumatni siyosiy tomosha uyushtirganlikda ayblamoqda.

Xodorkovskiy himoyasiga qaratilgan norozilik aksiyalari 14 dekabr kuni Moskva va Yekaterinburg shaharlarida bo‘lib o‘tdi va unda taniqli rok musiqachilari ham ishtirok etdi.
XS
SM
MD
LG