Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 03:36

Mark Zukerberg 2010 yilning eng mashhur odami


U.S. -- Mark Zuckerberg speaks during a press conference at the Facebook headquarters in Palo Alto, California, 26May2010
U.S. -- Mark Zuckerberg speaks during a press conference at the Facebook headquarters in Palo Alto, California, 26May2010
"Time" jurnali Facebook internetdagi ijtimoiy tarmog'ining asoschisi Mark Zukerbergni 2010 yilning eng mashhur odami, deb e'lon qildi.

Nimaga deysizmi? Axir qariyb 600 million insonni bir tarmoqqa yig'ish va ularga bir biri bilan aloqa qilishi uchun qulay platforma yaratish oson ish emas-da.

"Time" nashri har yili eng mashhur insonni tanlaydi va bu an'anaga aylanishga ulgurgan. Bu yilgi tanlovning finalida shu kunlarda katta shov-shuvga sabab bo'lgan WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanj ham bor edi. Julian Assanjning fanatlari "Times" nashrining qaroridan norozi.

Faktlar:

Mark Zukerberg 26 yoshda. 2004 yil Garvard universitetining yotoqxonasida turib Facebookni ishga tushirgan. Facebook ustida ishlash uchun o'sha yili Garvardni tashlagan.

Bugungi kunda u o'zining qariyb 7 milliard AQSh dollari bilan dunyoning eng yosh boyvachchalaridan.

Bugun Facebookda qariyb 600 million faol foydalanuchi bor. Agar Facebook mamlakat bo'lganda edi, u aholisi bo'yicha Xitoy va Xindistondan so'ng dunyoda uchinchi o'ringa turgan bo'lar edi.

Facebookga kuniga 700 ming odam qo'shiladi. 600 million facebukchilar tarmoq ichida oyiga 700 milliard (!) daqiqa sarf etishadi.

2010 yilning noyabr oyida Facebookga asos solinishi haqida xikoyalovchi "Ijtimoiy tarmoq" filmi suratga olindi.
XS
SM
MD
LG