Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:58

AI: Qirg‘izistondagi o‘zbeklar nomutanosib jazolanmoqda


Xalqaro Amnistiya hisoboti e‘lon qilingan ayni kunda O‘shda yana besh o‘zbek og‘ir jazoga hukm qilindi.
Xalqaro Amnistiya hisoboti e‘lon qilingan ayni kunda O‘shda yana besh o‘zbek og‘ir jazoga hukm qilindi.
Bosh qarorgohi Londonda joylashgan Amnesty International tashkiloti Bishkek hukumatining iyun oyida mamlakat janubida ro‘y bergan milliy asosdagi zo‘ravonliklar aybdorlarini topib¸ jazolash harakatlarini keskin tanqid qildi.

16 dekabr kuni e‘lon qilingan yangi hisobotida Amnesty International - Xalqaro Amnistiya tashkiloti Qirg‘iziston janubidagi o‘zbeklarning iyun qirg‘ini aybdorlarini topish bahonasida boraëtgan tergov-sud jaraënlarida qirg‘iz rasmiylari nishoni bo‘lib qolaëtganini tanqid qildi.

“Chala haqiqat va adolatsiz adolat: Qirg‘izistonda 2010 yil iyunida ro‘y bergan zo‘ravonlik ortidan” deb nomlangan yangi hisobot xulosalari qirg‘indan keyin o‘tgan olti oycha vaqt davomida milliy asosdagi ushbu zo‘ravonliklarga aloqadorlikda ayblangan odamlar ustidan Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan sud majlislari¸ chiqarilgan hukmlar va olib borilgan va borilaëtgan tergov jaraënlariga asoslangan.

Rasmiy hisob-kitobga ko‘ra¸ 400 dan oshiq odam o‘ldirilgan¸ yuzlab odam jarohatlangan¸ minglab uylarning kuli ko‘kka sovurilgan iyun qirg‘inidan jabr ko‘rganlarning aksari¸ Xalqaro Amnistiya ta‘kidicha¸ o‘zbek millatiga mansub Qirg‘iziston fuqarolaridir.

Ayni paytda¸ hisobotda alohida qayd etilishicha¸ iyun qirg‘ini bilan bog‘liq ayblar bilan qamoqqa olingan 271 shaxsning ham mutlaq aksariyati yana o‘zbeklardir.

Xalqaro Amnistiyaning Yevropa va Markaziy Osië dasturlari direktori Nikola Dakvorsning Ozodlikka aytishicha¸ bunday nomutanosiblik¸ xalqaro huquq himoyachilari uchun xavotir manbai bo‘lib qolmoqda.

- Qirg‘iziston rasmiylari hozirgacha¸ iyun zo‘ravonliklarida ayblanib qamoqqa olingan va jazoga tortilganlarning milliy mansubligiga oid statistikani oshkor qilmaëtir. Ammo bizga aytishlaricha¸ iyun oyidagi zo‘ravonliklar davomida eng og‘ir jinoyatlarni qilganlikda ayblanaëtganlarning mutlaq ko‘pchiligi o‘zbeklardir.

Boshqa tomondan¸ qirg‘iz rasmiylarining o‘zlari taqdim qilgan statistikaga ko‘ra¸ iyun qirg‘inida o‘ldirilganning aksariyati o‘zbeklardir. Shunday ekan¸ sog‘lom aql bilan¸ milliy nizo chog‘ida o‘zbeklarni o‘ldirganlarning qirg‘iz ëki boshqa millatga mansub ekanini anglash qiyin emas. Bunday vaziyatda zo‘ravonlik uchun yana o‘zbeklarning o‘zini ayblash va ularni ta‘qib qilish voqelikka nomutanosibdir¸ deydi Nikola Dakvors.

Xalqaro Amnistiya tashkilotining 16 dekabr kungi yangi hisobotidagi xavotir va tanqidlar mohiyatiga ko‘ra¸ O‘sh va Jaloloboddagi qirg‘in va undan keyin boraëtgan tergov-sud amaliëtlari borasida boshqa xalqaro tashkilotlar bildirib kelaëtgan e‘tirozlarga uyqashdir.

Xalqaro huquq himoyachilari¸ iyun qirg‘inida ham¸ undan keyingi jaraënlarda ham O‘sh va Jaloloboddagi o‘zbeklarning adolatsiz tarzda Qirg‘iziston rasmiylari nishoniga aylanganidan bong urib kelmoqdalar.

Xususan¸ yangi hisobotda¸ og‘ir jinoyatlarda ayblanaëtgan o‘zbeklarga nisbatan hibsxonada qattiq qiynoqlar qo‘llanilaëtgani¸ tutqunlar¸ ular yaqinlari va himoyachilarining sud zali oldida¸ hatto sud zalida¸ shundoqqina qirg‘iz hakamlari ko‘z o‘ngida kaltaklanaëtgani¸ iyun qirg‘ini uchun asl javobgarlarning esa¸ milliy mansublik asosida¸ jazosiz qolaëtgani aytiladi.

- Sud jaraënlarining adolatsiz o‘tkazilaëtgani¸ ularda voqelikka nomutanosib ravishda asosan o‘zbeklar nishonga olinaëtgani¸ iyun oyidagi dahshatli jinoyatlar¸ xususan begunoh odamlarni o‘ldirib¸ minglab uylarga o‘t qo‘yganlarning esa¸ jazosiz qolaëtgani his qilinmoqda. Qirg‘indan jabr ko‘rganlar orasida o‘zlariga nisbatan nihoyatda kuchli adolatsizlik bo‘laëtganiga oid ishonch kuchayib bormoqda¸ deydi Ozodlik bilan suhbatda Xalqaro Amnistiya rasmiysi Nikola Dakvors.

Ayni paytda¸ tashkilot hisobotida jabrlanganlar qo‘lida sanoqsiz suratlar¸ audio va video dalillar borligiga qaramay¸ Qirg‘iziston huquq –adliya tizimlarining iyun voqealarida hukumat qurolli kuchlarining o‘zbeklarni qirg‘in qilishda bevosita ishtirok etganiga oid ayblovlarni e‘tiborsiz qoldiraëtgani ham tashvishga asos bo‘laëtgani aytiladi.

Xalqaro Amnistiya hisobotida ta‘kidlanishicha¸ Qirg‘izistonda hukm suraëtgan qo‘rquv¸ ishonchsizlik¸ milliy qutblashuv¸ beqarorlik vaziyatida yagona umid iyun qirg‘inini taftish qilaëtgan xalqaro komissiyaning voqealar va ular aybdorlari yuzasidan har tomonlama¸ betaraf va ishonchli tekshiruvni amalga oshirishida qoldi.

Xalqaro Amnistiya hisobotida keltirilgan tanqid va e‘tirozlarga munosabat bildirgan Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi kotibi Marat Imankulov Azattiq muxbiri bilan suhbatda¸ bu ayblovlarning barini inkor qildi.

Bishkek rasmiysiga ko‘ra¸ iyun voqealari bo‘yicha boraëtgan tergov va sud jaraënlarida kimning qaysi millatga mansubligi emas¸ qilgan jinoyatiga ko‘ra jazo berilmoqda.

Ayni paytda¸ Bishkek rasmiysi¸ O‘sh va Jalolobodda iyun oyida amalga oshirilgan qirg‘inning ataylab o‘zbeklarni bu yerlardan siqib chiqarish maqsadida uyushtirilgan rejali fitna¸ genotsid va milliy tozalash ekani haqidagi ayblovlarni ham¸ Qirg‘izistondagi barqarorlikni ko‘ra olmaëtganlar provokatsiyasi deb baholadi.
XS
SM
MD
LG