Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:06

.UZ hududidagi domen nomlari soni 11 ming 88 taga yetdi


2010 yili internetdagi .UZ domenlar hududidagi ikkinchi bosqich faol domenlarning soni 16.1% oshib 11 ming 88 taga yetdi . Bu haqda O'zbekiston UZ domenlar hududini boshqaruvchi UZINFOCOM markazi o'zining .UZ domenlari bo'yicha chiqargan statistikasida e'lon qildi.

.UZ domenlar hududining ma'muriyati bergan ma'lumotlarga ko'ra, 2010 yilda 4 ming 676 ta yangi domen ro'yxatdan o'tgan va 3 ming 138 ta eski domenlar o'chirilgan. Shunday qilib, 2009 yil dekarb oyining ohirida .UZ faol domenlarining soni 9ming 550 dona bo'lgan bo'lsa, 2010 yilning ohiriga kelib bu raqam 11 ming 88 ga yetgan.

O'zbekiston .uz milliy hududida domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish Markaziy Osiyo milliy domen hududlari orasida eng arzon hisoblanadi - yiliga 15$.
Ammo, stastikaga qaraganda, hozirda milliy domen nomlari soni o‘sishi 2008 yilgiga nisbatan ancha susaygan. O‘sha yili nomlar soni 32 foizga oshgan edi. 2010 yilda esa bu ko‘rsatkich 16 foizni tashkil qilgan.

Mavjud 11 ming 88 domen nomlarining 41 foizi jismoniy shaxslarga tegishli va jami nomlarning 82 foizi egasi O‘zbekiston rezidentlaridir.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda bit qator yetakchi domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazuvchi tashkilotlar faoliyat ko'rsatishadi. O'zbekiston milliy domen nomini ro'yxatdan o'tkazish yiliga 15-20 AQSh dollari turadi. Bu esa qoshni davlatlarning milliy domen hududidagi domen nomlaridan ancha arzon.

.UZ milliy domeni 1995 yil 29 aprelda tuzilgan va uning administratori UZINFOCOM markazidir.

.UZ hududidagi domen nomlari haqidagi yangiliklar, bahs va munozaralarni uForum.uz forumining domenlarga bag'ishlangan mavzusida o'qing.
XS
SM
MD
LG