Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:53

“O‘zbekiston pochtasi” pensiya pullarini o‘margani aniqlandi


“O‘zbekiston pochtasi” shirkati xodimlari 2010 yilning to‘qqiz oyi ichida aholiga tegishli pensiya va nafaqalardan 29 ming AQSh dollariga teng pulni o‘zlashtirgan.

Regnum agentlingining xabar qilishicha, bu holat bo‘yicha to‘qqizta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Xususan bunday qonunbuzarliklar Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlarida qayd etilgan.

Pochta xodimlari o‘z qilmishlarini yashirish maqsadida pochta bilnolariga o‘t qo‘ygan hollar ham aniqlangan.

Nafaqa va pensiyalarning vaqtida to‘lanmayotgani o‘zbekistonlik qariyalar va nogironlar uchun katta muammoga aylangan. Xususan, Ozodlikka oylab pensiyalarini ololmayotgan o‘zbekistonliklardan ko‘plab maktub va telefon qo‘ng‘iroqlari keladi.
XS
SM
MD
LG