Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:28

Blog: Fojea parallellari yoki bir savatdagi tuxumlar


1979 aviahalokatda halok bo'lgan "Paxtakor" futbol klubi o'yinidan lavha.
1979 aviahalokatda halok bo'lgan "Paxtakor" futbol klubi o'yinidan lavha.
Minskka ketayotgan uchoq ichidagi “Lokomotiv” xokkey jamoasining asosiy tarkibi halok bo‘lgani “Paxtakor” komandasi halokatini eslatdi.

Bundan 32 yil avval “Paxtakor” jamoasi ham Minskka uchayotib halokatga uchragan edi.

1979 yilning 11 avgustida Minskda terma komandalar kubogining final o‘yini bo‘lishi kerak edi. Bu o‘yinga ketayotgan paxtakorchilar uchun osmon qabrga aylandi.

Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri osmonida - 10 ming metr balandlikda ikkita Tu-134 samolyoti to‘qnashdi. To‘qnashuv chog‘ida 178 inson nobud bo‘ldi, ular orasida "Paxtakor” jamoasining 17 a‘zosi bor edi.

Sport jamoalarining uchoq halokati bois nobud bo‘lganiga misollar ko‘p.

1949 yili Italiya osmonida “Torino” futbol jamoasining 18 futbolchisi halok bo‘ldi.

1958 yili Myunxen osmonida "Manchester Yunayted"ning 8 futbolchisi hayot bilan vidolashdi.

1960 yili Daniya osmonidagi aviahalokat 8 futbolchi hayotiga nuqta qo‘ydi.

1961 yili Chilida xalokatga uchragan uchoq ichida “Grin kross” futbol jamoasining barcha a‘zolari bor edi.

1969 yili Boliviyada portlagan uchoq ichidagi Strongtest futbol jamoasining 27 a‘zosi halok bo‘ldi.

1993 yili Zambiya futbol jamoasining 18 o‘yinchisi uchoq halokatida nobud bo‘ldi.

1970 yilda Eyr likvid futbol jamoasining barcha o‘yinchilari Jazoir osmonida yonib, kulga aylanishdi.

"Bir odamning o‘limi fojea¸ ming odamning o‘limi statistika" degan gap bor. Xo‘sh, sport jamoasining o‘limini qanday tasnif qilamiz?

Tafovut

“Lokomotiv” xokkeychilarining o‘limi Rossiya ommaviy axborot vositalari bosh mavzusiga aylandi. Bundan 32 yil avval Ukraina osmonida uchoqlar to‘qnashgan paytda mulozimlar bu xabarni sir tutishga tirishdilar.

“Paxtakor" jamoasining 17 o‘yinchisi aviahalokatga uchraganidan bir hafta o‘tgachgina, bu haqda Sovyet Ittifoqi telegraf agentligi xabar tarqatdi. Ungacha axborotsiz qolgan muxlislar orasida turli mish-mishlar urchidi.

Voqeadan sakkiz kun o‘tib, "Sovyetskiy sport” gazetasi "Paxtakor” jamoasining 17 o‘yinchisi hamda murabbiy va vrachining dafn qilingani haqida kichik bir xabarni e‘lon qildi, xolos.

Yana bir tafovut - halokatga uchragan terma jamoa sportchilarining bola- chaqasiga moliyaviy yordam berish masalasida. Bundan 32 yil oldin o‘zbek futbolining 17 yorqin yulduzi osmonu falakda majaqlanib, yo‘q bo‘lib ketar ekan¸ hukumatdan hech kim ularning bevalari haqida qayg‘urmagan edi.

"Hamma tuxumlarni bir savatda saqlamang" degan ingliz maqoli bor. Lekin taqdirdan qochib qutula olamizmi?
XS
SM
MD
LG