Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:04

Stiv Jobs o'limi haqidagi xabar Twitter trendlariga chiqdi


Apple shirkati asoschisi Stiv Jobs o'limi haqidagi xabar bir zumda barcha yirik internet ijtimoiy tarmoqlarida, hususan Twitterda ham asosiy mavzuga aylandi.

Twitter mikro-blog xizmati foydalanuvchilari Stiv Jobs o'limi haqidagi mavzularni trend, ya'ni tarmoqda muzokara etilgan asosiy mavzular qatoriga olib chiqishdi.

Jobs o'limiga nisbatan ishlatilgan heshteglarning eng ko'p tvitlangani #RIPSteveJobs (Stiv Jobs yotgan joying tinch bo'lsin) heshtegi bo'ldi. Bu heshteg ayni damda ishlatilishi bo'yicha rekordlarni utrmoqda.

#ThankYouSteve (Rahmat senga Stiv) va #iSad (Men hafaman) heshteglari ham Twitter trendlari qatorida. Bu heshteglar orqali tarmoq foydalanuvchilari o'zlarining Apple asoschisiga bo'lgan hurmati va uning ijodiga bo'lgan tasannolarini ifoda etishmoqda.

Stiv Jobsning amerikalik muhlislari uni xotirlashmoqda.
Stiv Jobsning amerikalik muhlislari uni xotirlashmoqda.
O'zbekistonlik Twitter foydalanuvchilarining soni ko'p bo'lmasa-sa, ular ham afsonaviy iPhone va iPad larni yaratgan inson bu dunyoni tark etganiga ta'ziyalar izhor etishdi.

"Ko'zim yoshlanib, o'qishga ketyapman. Steve Jobs o'limi ta'sir qildi, shekilli", deya yozadi @T_Yusupov.

O'zbekiston tvitterchi To'lqin Yusupovning so'zlariga @UzEkonomist ham qo'shilishini aytadi.

"Men birinchi marta o'qiganimda boshqacha bo'lib ketdim. O'shanda Apple saytida e'lon qilinganiga atigi yarim soat bo'lgandi", deya tvitlaydi @UzEkonomist.

O'zbekiston internet foydalanuvchilari orasida Stiv Jobs ijodini sevgan kishilar oz emas. Esingizda bo'lsa, joriy yilning boshida Apple asoschisi saraton kasalligi tufayli jarrohlik stoliga yotganda, O'zbekiston milliy domenida http://www.steve.uz/ veb-sayti Jobgs ruhiy madat ko'rsatish uchun ishga tushgan edi. Bugun bu veb-saytda Stiv Jobsning Apple saytidan olingan esdalik portreti osilgan.
XS
SM
MD
LG