Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:10

iPhone 4S smartfoni sotuvga chiqdi


Apple shirkati sobiq rahbari Stiv Jobs iPhone 4 smartfonini e'lon qilmoqda.
Apple shirkati sobiq rahbari Stiv Jobs iPhone 4 smartfonini e'lon qilmoqda.
Ko'pchilik Apple shaydolarinnig bahs va norozilikalriga sabab bo'lgan iPhone 4S smartfoni bugun sotuvga chiqdi.

Birinchilardan bo'lib yangi iPhone egalari avstraliyaliklar bo'lishdi, chunki u yerda vaqt mintaqasi iPhone sotiladigan boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha oldinda.

AQShda esa Apple shohobchalarida yangi smartfon sotuvi 14 oktabr ertalabki soat 8:00 da boshlanishi kutilmoqda. O'zbekiston va boshqa sobiq ittifoq mamlakatlari bozoriga iPhone 4Sning qachon kelishi hozircha noaniq.

Ko'pchilik mutahassislar iPhone 4S smartfonining bozorda samarali sotilishini bashorat qilishmoqda. Apple shirkati tarqatgan ma'lumot ham buni qisman tasdiqlaydi. Chunki hali sotuvga chiqishga ulgurmagan iPhone 4Sga oldindan qilingan buyurtmalar soni milliondan oshgan. Bu esa iPhone 4 rusumidagi smartfondan bir necha yuz ming ko'pdir.

iPhone 4S mobil telefoni o'z o'tmishdoshidan kuchliroq protsessori, yangilangan kamerasi va "Siri" nomli telefonni ovoz bilan boshqaruvchi dasturi bilan ajralib turadi. Yangi smartfonning maksimal xotirasi 64 gigabaytga teng bo'lishi aytilmoqda.

Smartfon 4 oktabr kuni Apple shirkati yangi rahbari Tim Kuk tarafidan e'lon qilingan edi. iPhone 4-avlodining modifikatsiyasini emas balki 5-avlodini kutgan ko'pchilik Apple shaydolari yangi smartfonga skeptiklarcha qarashmoqda.

Lekin bunga qaramasdan iPhone 4S sotib olmoqchi bo'lganlarning soni oz emas. Chunki iPhone 4S smartfoni Apple shirkatining taniqli rahbari Stiv Jobs nazorati ostida ishlangan so'nggi mahsulotga aylandi. Jobs 6 oktabr kuni 56 yoshida saraton kasalligi tufayli vafot etdi.
XS
SM
MD
LG