Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:15

O‘zbekistondagi bokiralik muammosi Germaniyada muhokama qilindi


"Bokiralik yuki" filmi uchun Umida Ahmedova o‘zbek xalqiga tuhmat qilganlikda ayblanib¸ sud qilindi.
"Bokiralik yuki" filmi uchun Umida Ahmedova o‘zbek xalqiga tuhmat qilganlikda ayblanib¸ sud qilindi.
Muhokamada "Bokiralik yuki" hujjatli filmi muallifi Umida Ahmedova ma‘ruza qildi.

Germaniyadagi TERRE DES FEMMES ayol huquqlari tashkiloti o‘zining 30 yillik yubileyiga bag‘ishlangan anjumanida bokiralik muammosini muhokama qildi.

Inson huquqlari faollari¸ tarixchilar¸ ruhshunos va ginekologlar ishtirokidagi bu anjumanda o‘zbekistonlik kinotasvirchi Umida Ahmedovaning ma‘ruzasi tinglandi.

Tashkilot vakili Tata Tsiglerga ko‘ra¸ Umida Ahmedova bu muammo haqida film suratga olib¸ tazyiqqa uchragan ayol sifatida bu yig‘ilishga taklif qilingan.

Tata Tsiglerga ko‘ra¸ Umida Ahmedova bokiralik borasida hassos bo‘lgan O‘zbekistondagi millionlagan ayollar vakili sifatida ham anjumanda alohida e‘tiborga sazovor bo‘ldi.

Umida Ahmedova o‘z ma‘ruzasida taqiqlangan mavzuni O‘zbekiston kabi yopiq mamlakatda ko‘tarish mushkul ekaniga alohida to‘xtaldi.

- Bundan ikki yil oldin men suratga olgan “Bokiralik yuki” filmi bois menga bo‘layotgan tahdid va tazyiqlar hanuz davom etmoqda. Men Berlin anjumaniga kelishimdan oldin Islom.uz nashrida O‘zbekistondagi taniqli din peshvosi men suratga olgan filmga qarshi maqola bilan chiqdi¸ dedi anjuman qatnashchilariga Umida Ahmedova.

TERRE DES FEMMES tashkiloti o‘tkazgan anjuman chog‘ida O‘zbekistonda bokiralik masalasining xotin-qizlarni kamsitishga qaratilgan holatlar urchishiga olib kelgani tanqid qilindi.

O‘zbekistonda “Bokiralikni qayta tiklaydigan” yashirin klinikalar mavjudligi haqida ham ma‘lumotlar berildi.

Anjumanda chiqish qilgan mutaxassislar “ bokiralik “ degan afsonaning kelib chiqish tarixi haqida gapirib¸ bu afsona inson fizeologiyasidan ko‘ra ijtimoiy-siyosiy muhit mahsuli ekaniga e‘tibor qaratishdi.
XS
SM
MD
LG