Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:37

Angela Merkel ustiga pivo to'kildi


27 fevral kuni Germaniyaning Demmin shahrida yosh ofitsiant yigit bu kasb egasiga to'g'ri kelmaydigan katta xatoga yo'l qo'ydi - olib kelingan pivoni mijoz ustiga to'kib yubordi.

Ayrim shoshqaloq mushtariylarimimz "Shu ham xabarga arzigulik yangilikmi?" deb savol berishi mumkin. Ha, arzigulik. Chunki ustiga pivo to'kilgan mijoz Germaniya Kansleri Angela Merkel edi.

Ushbu voqeani mobil telefoni orqali videoga olgan shaxs uni tezda Internetga joylashtiridi. Video lavha qisqa vaqt ichida millionlagan Internet foydalanuvchilari tarafidan tomoshqa qilindi.



Germaniyaning Bid gazetasiga ko'ra, Kansler ustiga pivo to'kgan yosh ofitsiantning ismi Martin va u 21 yoshda. Uning aytishicha, Angela Merkel o'tirgan stolga u emas, balki uning hamkasbi xizmat qilishi kerak edi.

- Kansler buyurgan pivoni mening hamkasbim olib kelishi kerak edi. Biroq u juda ham hayajonlangani bois mendan iltimos qilgan edi... To'satdan orqamdan birov turtib yubordi. Men pivo quyilgan bokallarni ushlab qolmoqchi bo'ldim. Biroq kech edi, - deb ofitsiant Martindan iqtibos keltiradi Bid gazetasi.

Angela Merkelning bunday noqulay vaziyatda o'zini vazmin tutishi esa olqishlarga sazovor, albatta.

Germaniya Kansleri Demmin shahriga o'z partiyadoshlari bilan uchrashgani kelgan edi.
XS
SM
MD
LG