Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:00

Apple shirkati yangi iPad ni tadim qildi


Apple shirkati 7 mart kuni San-Frasnsiskoda tashkil qilingan matbuot anjumanida ko'pchilik tarafidan intizorlik bilan kutilgan iPad planshet kompyuterining yangi avlodini jamoatchilikga namoyish qildi. Yangi "gadjet" taqdimotini an'anaviy tarzda shirkat rahbari Tim Kuk olib bordi.

Boshidayoq aytib o'tamiz - planshetning yangi versiyasi oldindan kutilganidek iPad 3 yoki iPad HD deya nomlanmaydi. Uning o'ziga hos nomi bor, deya aytib ham bo'lmaydi. Chunki Tim Kuk planshet yangi avlodini "new iPad", ya'ni "yangi iPad" deya taqdim qildi.

Eski versiyalaridan farqli o'laroq, yangi iPad da aniqligi yuqori Retina texnologiyasi asosida ishlangan ekran, A5X protsessor (yangi grafika bilan), 5 megapiksellik kamera va kattaroq batareya o'rnatilgan.

iPad ning birinchi avlodi taniqli Stiv Jobs tarafidan 2010 yili taqdim etilgan edi.
iPad ning birinchi avlodi taniqli Stiv Jobs tarafidan 2010 yili taqdim etilgan edi.
Yangi iPad ning yana bir o'zgacha tarafi shuki, u LTE, ya'ni 4G tarmog'i bilan ishlay oladi. O'zbekiston kabi 4G tarmoqlar hali ishga tushmagan mamlakatlarda yangi iPad 3G tarmog'i bilan ham ishlashi mumkin.

Mobil Internetga (SIM orqali) ulangan holda yangi iPad WiFi router kabi ishlatilishi ham mumkin. U Internetni WiFi tarmog'i orqali yana 5 uskunaga "ulashish" mumkunchiligiga ega.

Xabarlarga ko'ra, yangi iPad 16 martdan boshlab AQShda savdoga chiqadi. Uning narxi 499-699 AQSh dollari atrofida bo'lishi aytilmoqda. 3G+LTE funksiyasiga ega bo'lgan iPad lar narxi biroz yuqori bo'lishi mumkin.

Yangi iPad ning O'zbekiston bozoriga rasman qachon chiqishi hozircha ma'lum emas. Biroq shunga qaramasdan o'zbekistonlik iPad shaydolari orasida Apple veb sayti orqali yangi iPad ni "pre-order", ya'ni oldindan sotib olayotganlar ham bor.

Toshkentlik Akramjon shular qatoridan. Unda iPad 2 bor. Bunga qaramasdan u yangi iPad ni sotib olmoqchi.

- Men Apple shirkati mahsulotlariga juda qiziqaman. Ular juda ham sifatli bo'ladi-da. Yangi texnologiyalarni yaqindan bilgan odam meni tushunadi. Ayrim do'stlarim meni mashara qilishadi "sen Apple marketingi qurbonisan" deb. Men sifatli texnikani ishlatishni yoqtiraman holos. Hudo hohlasa yangi iPad ni shu kunlarda "pre-order" qilib sotib olaman. Yaqinda bir do'stim AQShdan O'zbekistonga keladi. U uni o'zi bilan olib keladi, - deydi Akramjon.

Prezidentlar ham iPad ishlatadi. Suratda yangi texnologiyalarga qiziquvchi Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev.
Prezidentlar ham iPad ishlatadi. Suratda yangi texnologiyalarga qiziquvchi Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev.
O'zbekiston yoshlari orasida iPad planshetidan foydalanadiganlar soni tobora ortib bormoqda. Akramjonga ko'ra, iPad o'zining sifati va mobilligi bilan boshqa elektron uskunalardan ajralib turadi.

- Internetda vaqtini ko'p o'tkazadigan inson uchun iPad juda qulay narsa. Agar 3G tarmog'iga ulangan bo'lsangiz xohlagan joydan turib Internetga kirishingiz mumkin-da bu bilan. Yoshlar hozir juda Internetga qiziqadi. Shuning uchun ham ko'pchilik yoshlar orasida iPad sotib olayotganlar ko'p, - deydi Akramjon.

O'zbekistonlik iPad egalari orasida prezident Islom Karimovning Twitter blogida faol bo'lgan to'ng'ich qizi Gulnora Karimova ham bor.

Eslatamiz, iPad planshetining birinchi avlodi 2010 yilning yanvar oyida o'sha vaqtda hayot bo'lgan Stiv Jobs tarafidan taqdim etilgan edi. iPad 2 esa bundan bir yil avval - 2011 yilning mart oyida e'lon qilingan. Apple shirkati bergan ma'lumotga ko'ra, 2010 yilning aprel oyidan buyon 55 million dona iPad plansheti sotilgan.
XS
SM
MD
LG