Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:02

Qirg‘izistonda yomg‘ir so‘rab namoz o‘qiladi


27 aprel kuni juma namozidan so‘ng Qirg‘izistonning barcha shahar va qishloqlarida yomg‘ir so‘rab 2 rakatli al Istisko namozi o‘qiladi.

Qirg‘iziston muftiyatining bildirishicha, bu borada muftiy Chubak xoji Jalilov maxsus ko‘rsatmani imzolagan. Ko‘rsatmaga binoan juma namozidan so‘ng barcha imomlar o‘z jamoati bilan dalalarga chiqib, yomg‘ir so‘rab ikki rakat namoz o‘qishlari kerak.

Muftiyat Qirg‘izistonda bahor fasli qurg‘oqchilik bilan boshlangani tufayli mana shunday qaror qabul qilinganini bildirdi.

Qirg‘iziston sinoptiklari esa 27 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini xabar qilishmoqda.
XS
SM
MD
LG