Линклар

Шошилинч хабар
08 май 2024, Тошкент вақти: 22:12

Twitter o‘z saytining yangi mobil versiyasini e‘lon qildi


Twitter mikrobloglar xizmati o‘z veb-saytining mobil telefonlar uchun mo‘ljallangan yangi interfeysini e‘lon qildi.

Xizmat vakillariga ko‘ra, yangi mobil saytning eskisiga qaraganda bir nechta qulayliklari bor.

Birinchidan, unga oddiy qo‘l telefoni, ya‘ni smartfon bo‘lmagan mobil telefoni foydalanuvchilari ham bemalol kira olishadi.

Ikkinchidan, internet tezligi pastligi va mobil brauzerning eskiligiga qaramasdan, yangi sayt tez yuklanadi.

Twitter ayni damda dunyodagi eng mashhur mikroblog xizmati bo‘lib, undan faol foydalanuvchilar soni 200 millionga yaqin ekanligi aytiladi.
XS
SM
MD
LG