Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:42

Boykot Ukrainadagi Yevro-2012 o‘yinlariga ta‘sir etmaydi


Yevro-2012 tumorlari Slavek (chapda) va Slavko.
Yevro-2012 tumorlari Slavek (chapda) va Slavko.
Yevropa Ittifoqi yetakchilarining boykotiga qaramasdan, Ukrainada o‘tishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati hech qanday o‘zgarishlarsiz o‘tkaziladi.

Bu haqda Yevro-2012 tadbirining Ukrainadagi rahbari Markiyan Lubkivskiy jurnalistlarga ma‘lum qildi.

- Yevropa chempionati har qanday ob-havo sharoitida ham o‘tadi. Bu kabi yirik sport tadbirlarini boykot qilish esa siyosiy yoki yuridik savollarni yechishdagi qulay usul emasdir, - dedi Lubkivskiy.

Unga ko‘ra, ayni damda chempionatda qatnashadigan hech bir milliy terma jamoa tadbirni boykot qilgani yo‘q.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining qator rasmiylari Ukraina sobiq Bosh vaziri Yuliya Timoshenkoning yetti yilga qamoq jazosiga hukm qilingani qonuniy ekaniga shubha bildirib, Ukrainadagi futbol o‘yinlarida ishtirok etmasligini ma‘lum qilgan.

Joriy yilning 8 iyunida boshlanadigan Yevro-2012 chempionatiga bu gal Ukraina va Polsha davlatlari mezbonlik qilishadi.
XS
SM
MD
LG