Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:26

Shimoliy Tojikistonga do‘l yog‘di


Suratni mobil muxbirimiz Rahmonali Yuldashev yubordi.
Suratni mobil muxbirimiz Rahmonali Yuldashev yubordi.
O‘zbekistonning Toshkent viloyati bilan chegarada joylashgan Tojikistonning Oshoba va G‘arvon qishloqlarida kattaligi yong'oqday keladigan do'l yog'di. Katta sel kelishi kutilmoqda.

Mahalliy fuqaro Anvarjonning so‘zlariga ko‘ra, Oshoba, Shivar va G‘arvon qishloqlari aholisi asosan mevali daraxt hosili hisobiga kun kechiradi. Ozodlik bilan suhbatda u yoqqan do‘l ayniqsa gullayotgan olma, o‘rik va gilos daraxtlarini urib ketgan.

- Sel kelishi kerak bugun. Bir soat oldin Qoraqiyani bilasizmi¸ Oshoba qishlog‘ida do‘l yoqqan edi. yon tomonda bir qiyalik oppoq bo‘lib yotibdi. Ikki kun oldin oppoq edi. Bunaqa joyda sel keladi. Har kuni yomg‘ir bor. Selevoy potok borda. May oyi baribir sel bo‘ladi.

Ozodlik: O‘rik gullaganmidi?

- O‘rik gullagan edi. Ammo gilos bo‘lmadi. Birdaniga sovuq urvordi. Shuning uchun to‘kib yubordi. Bitta-bitta gilos¸ bo‘lmasa yo‘q. Sel keladida endi nima bo‘lsa ham¸ deydi Anvarjon.

Eslatish joizki, 2007 yilning 22 iyulida Oshoba qishlog‘iga kelgan sel va ko‘chkin mahalliy xo‘jalikka katta talafot keltirgan. Sel oqibatida 12 kishi nobud bo‘lgan, ko‘plab 10 ortiq odim jarohat olgan, yana bir necha kishi bedarak yo‘qolgan.

Sel Oshoba va uning yuqorida joylashgan boshqa qishloqlardagi 300 ortiq uylarni, shaxsiy tomorqa va boshqa inshootlarni buzib ketgan.
XS
SM
MD
LG