Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 07:35

Karimov Putinning Kremlga qaytishini tarixiy hodisa o‘laroq baholadi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan hali ham razvedkaga borish mumkin, deb hisoblaydi.

Bu mulohazani Karimov Putin bilan 15 may kuni Kremlda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bildirgan.

Rossiya prezidenti matbuot xizmati keltirgan uchrashuv stenogrammasiga ko‘ra, Islom Karimov: “Siz 2000 yilda birinchi marta prezidentlik lavozimiga kelganingizda, men: “Putin birga razvedkaga borish mumkin bo‘lgan odam, degandim. Bugun bu gapni yana bir karra eshitib qo‘ysinlar”, deb aytgan.

Bu bilan O‘zbekiston rahbari Putinning razvedkachilik o‘tmishiga ishora qilganmi yoki unga o‘ta ishonishini bildirganmi – bu haqda izoh bermagan, biroq u Rossiya prezidentini tabriklar ekan, har so‘zi chin ko‘ngildan, samimiy aytilayotganini qayta-qayta ta‘kidlagan.

- Sizni hamma tabriklashga ulgurdi (Sizni butun dunyo tabriklayapti, biroq men bu yerda hamkasblarimiz bo‘lgan prezidentlar, davlat rahbarlari, bosh vazirlarini nazarda tutayapman) va men [qutlovchilar ichida] oxirgilardan bo‘lib qoldim. Shuning uchun men bugun KXShT majlisida sizni chin yurakdan va samimiy qutladim. Bu menga huzur bag‘ishladi, chunki men chin ko‘ngildan gapirdim va Sizning [prezidentlikka] saylanishingiz tarixiy voqea bo‘lganini aytdim, - deya iqtibos keltiradi Islom Karimov so‘zlaridan Rossiya prezidenti matbuot xizmati.

O‘z so‘zida davom etgan O‘zbekiston rahbari bugungi kunda jahon burilish bosqichida turganini, bunday davrda siyosatni kuchli odamlar yuritishi kerakligini qayd etgan.

Islom Karimov “ayrim kishilar, menimcha, bugungi kunda dunyoda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning bu bosqichini hamda muayyan qutbli davlat sifatida aniq maqomni egallab turgan va shunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan Rossiya kabi mamlakat butun jahondagi davlatlar hisoblashishi kerak bo‘lgan pozitsiyani egallashi lozimligini tushunib yetmayaptilar”, dedi.

2008 yilda Putinga uchinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘yishni taklif etganini eslatgan Karimov o‘sha paytda ham samimiy bo‘lganini, buni istagan odam xohlagancha talqin qilishi mumkinligini qayd etdi va Putin shaxsida pragmatik kishini, chor-atrofda sodir bo‘layotgan voqealarga real qaray oladigan, ulkan sabr-bardoshga ega kishini ko‘rishini aytib, suhbatdoshini maqtadi. Shundan so‘ng u Rossiyaning qariyb 30 million aholiga ega bo‘lgan O‘zbekiston bilan aloqasi yanada yaxshi bo‘lishiga umid bildirishiga ishora qildi.

Tabriklar uchun o‘zbekistonlik hamkasbiga tashakkur izhor qilgan Vladimir Putin 2008 yilda tamoman Rossiya konstitutsiyasi doirasida faoliyat olib borish qaroriga kelinganini ( Putin o‘sha paytda nima uchun prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ymaganiga izoh bermoqda – tahr.) aytdi.

Rossiya prezidenti o‘zining O‘zbekiston salohiyatini munosib baholay olishini hamda bu mamlakatni har doim mintaqadagi asosiy davlatlardan biri sifatida ko‘rib kelganini qayd etdi hamda o‘zining Islom Karimov bilan ham, O‘zbekiston bilan ham shundan kelib chiqqan holda muomala qilish niyatida ekanini ta‘kidladi.

- O‘zbekiston va Rossiyani hech mubolag‘asiz tig‘iz, ko‘p asrlik do‘stlik va hamkorlik rishtalari bog‘lab turadi. Tarix taqdim etgan, ajdodlardan meros qolgan bu bazaga tayangan holda, olg‘a qarab yuramiz hamda hozirgi zamon talab qilgan sur‘at va sifat bilan harakatlanamiz, - dedi Vladimir Putin.
XS
SM
MD
LG