Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:02

Futbol: O‘zbekiston terma jamoasi Eronga mag‘lub bo‘ldi


O'zbekiston milliy terma jamoasi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi.

2014 yilda Braziliyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati to‘rtinchi saralash bosqichi o‘yinlari doirasida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi 3 iyun kuni Eron terma jamoasini o‘z maydonida qabul qildi.

2014 yilda Braziliyada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati to‘rtinchi saralash bosqichi doirasida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi Eron terma jamoasini o‘z maydonida qabul qildi.

Toshkentdagi “Jar” stadionida mahalliy vaqt bilan soat 19:00da boshlangan o‘yin 0:1 hisobida O‘zbekiston terma jamoasi mag‘lubiyati bilan tugadi.

Uchrashuvdagi yagona go'l qo'shib berilgan qo'shimcha 4 daqiqaning tugashiga 12 soniya qolganda Eron hujumchisi Muhammadrizo Xalatbariy tarafidan kiritildi.

O'yinning 78-daqiqasida Odil Ahmedov tarafidan kiritilgan gol esa hakam tarafidan hisobga olinmadi.

O'zbekiston Futbol Federatsiyasi matbuot kotibi Sanjar Rizayevning Twitter sahifasida yozishicha, hakam Nishimura o'yindan so'ng takroriy lavhalarni ko'rib O'zbekiston terma jamoasi gol urganini tan olgan va uni hisobga olmay xato qilgani uchun uzr so'ragan.




3 iyun kuni o'tkan uchrashuv Eron televideniyalari orqali efirga uzatilmadi. Bu kuni mamlakatda 1989 yilning 3 iyunida vafot etgan siyosat va din arbobi Oyatullo Homeyniga motam tutiladi.

O‘zbekiston navbatdagi o‘yinni 8 iyun kuni Livanda o‘tkazadi.

Eron jamoasiga qarshi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasining besh yetakchi futbolchisi, ya‘ni, Osiyo futbol federatsiyasi tomonidan Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi deb e‘tirof qilingan yarim-himoyachi Server Jeparov, Shavkatjon Mullajonov, Sanjar Tursunov, Islom To‘xtaxo‘jayev va Vagiz Galiulin maydonga tushmadi.

Futbol uyushmalari xalqaro federatsiyasi – FIFAning Tartib-intizom qo‘mitasi bu futbolchilarni “Halol o‘yin” printsiplarini buzganlikda ayblab, kelgusi ikkita o‘yindan chetlatgan.

Osiyo Futbol konfederatsiyasining Kuala-Lumpur shahridagi bosh qarorgohida 9 mart kuni o‘tkazilgan qur‘a tashlash marosimida 2014 yilgi Jahon chempionati saralash o‘yinlarining 4-bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin egallagan.

“A” guruhida O‘zbekistondan tashqari Janubiy Koreya, Eron, Qatar va Livan terma jamoalari ham bor.

Avstraliya, Yaponiya, Iordaniya, Iroq va Oman terma jamoalari esa “V” guruhidan o‘rin olgan.

Braziliyada 2014 yilda o‘tkaziladigan chempionatga ikkala guruhdan ikkitadan jamoa to'g'ridan-to'g'ri yo‘llanma oladi.
XS
SM
MD
LG