Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:25

"Krutoy" telefonga qancha berishga tayyorsiz?


Samsung Galaxy S III
Samsung Galaxy S III

Janubiy Koreyaning Samsung Electronics shirkati juma kuni Toshkentda eng yangi Samsung Galaxy S III smartfonini o‘zbekistonliklarga taqdim qildi. Ammo Ozodlik suhbatlashgan o‘zbekistonliklar hozircha o‘z eski Nokialaridan ajralish niyatidan yiroqliklarini aytishdi.

Yangi telefon dunyo mamlakatlarida juda mashhur bo‘lib bormoqda.

Samsung Electronics shirkatining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo‘yicha prezidenti Syoung Ku Kimga ko‘ra, sotuvga chiqqanidan keyin 15 kun ichida dunyo bo‘yicha 2,2 milliondan ortiq Samsung Galaxy S III smartfoni sotilgan.

Hozir Toshkentdagi elektron texnika sotiladigan “Malika” bozorida Samsung Galaxy II smartfoni 450-470 dollarga, yangi Samsung Galaxy S III esa 900 AQSh dollariga sotilmoqda.

Samsung shirkati o‘z yangi smartfoni bilan O‘zbekiston bozrini ishg‘ol qilaëtgan ayni haftada "Hafta savoli" respondentlarga "Krutoy" telefonga qancha berishga tayyorsiz?" degan savol bilan murojaat qildik.

Adhamjon, haydovchi, Andijon:


- Men olti-etti oydan beri qo‘l telefonidan foydalanayapman. Nokia degan eski oddiy telefonim bor. Undan juda kam foydalanaman. Agar ikki ming so‘m tashlab qo‘ysam bir-ikki oyga yetadi. O‘zim telefon qilmayman. Kerak bo‘lsam boshqalar qo‘ng‘iroq qilishadi. Bir oyda yarim soatcha foydalanaman. Internet degan narsani umuman tushunmayman, qiziqmayman ham. Meni ortiqcha mablag‘im bo‘lmagani uchun eski telefon ishlatyapman. Agar ro‘zg‘orimdan pul orttira olsam, telefonga 100 ming so‘m atrofida pul sarflashim mumkin.

Barno, Pedagogika instituti talabasi, Toshkent viloyati:


- Hozirgi kunda telefon sotib olmoqchi emasman. Chunki pulim yo‘q. Talabaman. To‘rt yildan beri to‘rtta telefon ishlatdim. To‘rttasi ham Nokia. Menga Nokia 6303 yoqdi. iPhone lar borku, o‘shalar yoqdi. Imkoniyatim bo‘lsa, yaxshi telefon sotib olish uchun 400 ming so‘mcha pul sarflagan bo‘lardim.

Fotima, Moliya vazirligi xodimi:


- Men salkam ikki yildan beri qo‘l telefoni ishlatyapman. Nokia 63 im bor. Men Internet yoki boshqa xizmatladan foydalanmiyman. Faqat so‘zlashaman. Yaxshi telefon sotib olish uchun 300 ming so‘mgacha pul sarflashim mumkin. Men telefon apparati “jinnisi” emasman. Bizaga “poproshe” bo‘lsa bo‘laveradi. Men uchun foydalanishga qulay bo‘lsa bo‘ldi.

Muharram aya, pensioner, Toshkent:


- Men faqat Nokia telefonidan foydalanaman. Boshqa telefonlani ishlatishshi bilmiyman, tushunmiyman. Biza oldingi zamonni odamlarimiza. 2008 yildan beri shu Nokiam bor. Bittasini yo‘qotdim keyin yana Nokia oldim. Men faqat gaplashsam bo‘ldi. Asosan uyda o‘tiraman. Mening yoshimdagi pensionerlarning hammasi shunaqa. Hozir oddiy Nokiani 60-70 ming so‘mga olsa bo‘ladi. Oluvchi odam qancha arzonga olsa, shuncha yaxshiku. Menga boshqacha telefon kerakmas.

O‘zini tanishtirmagan Aloqa va axborotlashtirish agentligi xodimi:


- Men 4-5 yildan beri bitta Nokia telefonini tutaman. Yaxshi telefon olish uchun 500 ming so‘mgacha pul sarflashim mumkin. Qurbim yetadi har holda. Lekin men telefonni “roskosh” qilmiyman. Menga “Alo”, “Alo” qilsa bo‘ldi. Oylikka yashaganingizdan keyin katta pul sarflash “jalka”. Vaqtimni olayapsiz. Maylimi ishimni davom ettirsam. Uzr. ...

Malika opa, tadbirkor ayol, Toshkent:


- Sakkiz yildan beri qo‘l telefonidan foydalanaman. Faqat Nokia tutaman. Boshqasini tutib ham ko‘rmaganman. Tasavvur ham qilmayman. Tushunmiyman, boshimni qotirib o‘tirishni ham xohlamiman. Shu paytgacha to‘rtta telefon ishlatdim. Telefon uchun juda ko‘p pul sarflamiman. Ko‘p bo‘lsa yangi telefonga 300 dollar sarflashim mumkin. Undan ortig‘i ko‘p. Yaxshi telefon tutish endi u yoshlarni qiziqishida. Zamonaviy telefonga asosan yoshlar ishqiboz. O‘zini juda “krutoy” qilib ko‘rsatmoqchi bo‘lganlar qiziqadi. Kimdir mashinaga kasal, kimdir telefonga kasal, menda unaqa kasallik yo‘q. Telefonim ishimga, kunimga yarasa bo‘ldi. To‘g‘risini aytsam, telefonga shuncha pul to‘lash “jalko” menga.

Ilhom, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi:


- Men 2008 yildan bu yog‘iga “lichniy” mobil telefonim bor. Bittasini o‘g‘irlatganman, bu ikkinchisi. Eng oddiysi, Nokia 2180, cherno-beliy. Men yangi telefonga qancha pul sarflash haqida hech o‘ylab ko‘rmagan ekanman. Sotkaga qiziqishim yo‘q. Internetga umuman qiziqmiman. Pulim bo‘lganida ham eng arzon telefonni olgan bo‘lardim. Foto va video uchun yaxshi videokamera va fotoapparatlar bor. Telefon faqat so‘zlashish uchun kerak.

Hotam, talaba:


- 9 yildan beri telefon apparati tutaman. Shu vaqt ichida 10 martacha almashtirgan bo‘lsam kerak. Bularning ichida Nokia, iPhonelar tutganman. Oxirgi paytda mana Samsung oldim. Samsung olganimning boisi qanaqaligi bilish uchun. Samsung Galaxy S II oldim. Bugungi kunda nima ko‘pchilikning ahamiyatida bo‘lsa, yangilik tushganda, ko‘pchilik o‘zi mana bu telefon moda bo‘libdi deyishadi, men unisiga unchalik qiziqmayman, asosan o‘zim uchun yangi sistemalar, mana bu uch yilning sistemalarida. Samsung Galaxy S Iini Androidga qiziqib olganman.

Muhabbat opa, uy bekasi, Qo‘qon:


- Sakkiz yildan beri bitta Nokia telefonini ishlataman. Menga shu telefon yetadi. Rasmga oladigan yaxshi telefonlar ham bor. Lekin sotib olishga imkoniyatim yo‘q. Uka mening javobim shu. Ortiqcha gapning keragi yo‘q. Bo‘ldi rahmat, xayr. ...


Hurmatli mushtariy, Siz ham "Hafta savoli"ga javob yozmoqchi yoki shu mavzuda ma‘lumot bermoqchi bo‘lsangiz "Sharhlar" tugmachasini bosib, fikr-mulohazalaringizni yozib qoldirishingiz mumkin.
XS
SM
MD
LG