Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:42

Nokia Finlyandiyadagi so‘nggi zavodini yopadi


Mobil telefonlari ishlab chiqaruvchi Nokia shirkati joriy yilning sentyabr oyida Finlyandiyadagi so‘nggi zavodini yopadi.

Bosh qarorgohi Finlyandiyada joylashgan shirkat endilikda barcha telefonlarni Sharqiy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarmoqchi.

Bu o‘zgarishlar bilan shirkat 2013 yilning oxirigacha 2 milliard dollar tejashni rejalashtirmoqda.

Finlyandiyada tashkil topgan Nokia shirkati 1980-yillardan beri mobil telefonlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 2012 yilga qadar shirkat mobil telefonlar bozorining eng katta qismini egallab kelgan edi.
XS
SM
MD
LG