Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:45

Sportchi Twitterdagi xabari uchun London Olimpiadasidan haydaldi


Futbol bo’yicha Shveysariya Olimpya terma jamoasi o’yinchisi Mishel Morganela Twitter blogida irqiy kamsitish ifoda etilgan xabar yozgani uchun London Olimpiadasidan chetlatildi.

Morganela o'z tvitini Shveysariya jamoasi Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida mag’lub bo’lganidan so’ng yozgan.

Shveysariya Olimpiya jamoasi yetakchisi Gian Gilli futbolchi Janubiy Koreya futbol jamoasi va butun Janubiy Koreya halqini “kamsitgani va haqoratlagani”nidan chuqur taassufda ekanligi aytdi.

Ushbu janjaldan so’ng Morganella o’z Twitter sahifasini o’chirib tashladi.

Huffington Post nashriga ko’ra, futbolchi mikroblogida koreyaliklarni “mongoloidlar to’dasi”ligini aytib, ular “o’zlarini yoqib yuborsin” degan.

Avvalroq Gretsiya Olimpiya jamoasi a’zosi Voula Papaxristu Twitterda afrikalik muhojirlar ustidan kulgani uchun London Olimpiadasidan chetlatilgan edi.
XS
SM
MD
LG