Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:33

Messi, Ronaldu, Inyesta - kim Yevropaning eng yaxshi o'yinchisi bo'ladi?


UYeFA tashkiloti o‘zining veb-saytida 2011-2012 futbol mavsumida Yevropadagi eng yaxshi futbolchi nomiga da‘vogar bo‘lgan uch futbolchi ismini e‘lon qildi.

Ular "Barselona" futbol klubidan Andres Inyesta va Leonel Messi hamda Madridning “Real” klubidan Krishtianu Ronaldulardir.

Yevropada to'p surayotgan eng yaxshi o‘yinchini tanlash jarayonida UYeFAga a‘zo davlatalrdan 53 sport muxbiri qatnashadi.

Avvlroq UYeFA tarafidan eng yaxshi o'yinchi nomiga nomzod o'ntalik ro'yxatini e'lon qilgan edi. Unga uchtalikga kirgan futbolchilar bilan birga "Yuventus"dan Andrea Pirlo, "Barselona"dan Xavi, "Real"dan Iker Kasilyas va Mesut O'zil, "Chelsi"dan Didye Drodga va Petr Chex, "Atleriko"da Ramadel Falkaolar kigan edi.

2010-2011 futbol mavsumida Yevropada eng yaxhsi deb "Barselona" hujumchisi, 24 yoshli argentinalik Lionel Messi tanlangan edi.

Mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi 30 avgust kuni Monakoda o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yinlariga qur‘a tashlash marosimida e‘lon qilinadi.
XS
SM
MD
LG