Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:16

Apple eng qimmat shirkatga aylandi


Apple kompaniyasi tarixdagi eng qimmat shirkatga aylandi. Dushanba kungi birja savdosida shirkat aksiyasining narxi 664,7 dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Shunday qilib, Apple kompaniyasining bozor narxi 623 milliard AQSh dollariga yetdi. Bu esa rekord ko'rsatkichdir.

Qimmatligi bo'yicha ikkinchi o'rindagi Exxon Mobil neft shirkatining narxi Apple nikiga qaraganda qariyb ikki baravan past.

Avvalgi rekord Microsoft shirkatiga tegishli. Bill Geyts tashkil etgan kompaniya 1999 yil 620 milliard dollarga baholangan edi. Ayni damda esa Microsoft ning narxi 257 milliard dollarga teng.

Tahlilchilar Apple aksiyalarining oshishini sentabr oyida chiqishi kutilayotan iPhone smartfoni va iPad planshetining yangi versiyalari bilan izohlashmoqda.
XS
SM
MD
LG