Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:15

Arktika muzliklari rekord sur‘atda erimoqda


AQSh olimlarining aytishlaricha, joriy yoz oylarida Arktika okeanidagi muzliklar rekord darajada erigan.

AQSh Qor va muzliklarni o‘rganish milliy markazi dushanba kuni e‘lon qilgan hisobotga ko‘ra, Arktika muzliklarining sathi 410 million kvadrat kilometrga tushib qolglan. Joriy yilda muzliklar 4,1 million kvadarat kilometrga qisqargan, lekin yaqin haftalar davomida erish jarayoni yana davom etishi va 2007 yildagi 4,17 million kvadrat kilometrlik rekordni urishi kutilmoqda.

Bu raqamlar 1979 yilda sun‘iy yo‘ldoshdan olingan rasmlarga asoslangan.

AQSh Qor va muzliklarni o‘rganish milliy markazi olimi Ted Skambosning aytishicha, muzliklarning erishiga asosan global iliqlashuv sabab bo‘lgan. Bu jarayon esa, odam faoliyati davomida atmosferaga tashlanadigan issiqxona gazlari sababchi deb ko‘riladi.

Olimlar Arktika muzliklari Yer kurrasida ob-havo darajasini mo‘‘tadillashtirishdan tashqari, oq ayiqlarni saqlab qolish uchun muhimligini aytishadi
XS
SM
MD
LG