Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:13

Paralimpiyachi Devid Uezeril zarbasi YouTube xitiga aylandi


Rossiyalik paralimpiyachi Aleksey Lijixin London Paralimpiya o'yinlarida 50 metrlik erkin suzish musobaqasi startida.
Rossiyalik paralimpiyachi Aleksey Lijixin London Paralimpiya o'yinlarida 50 metrlik erkin suzish musobaqasi startida.
Paralimpiya o'yinlari matbuotda Yozgi Olimpiya o'yinlariga qaraganda kam yoritilgani sabab, sport ishqibozlari mazkur sport tadbirida tez-tez uchrab turadigan qiziqarli voqealardan bexabar qoladilar.

Aynan shunday voqealardan biri hozirda YouTube video-porlatida eng ko'p ko'rilayotgan videolar qatoridan joy olgan.

Shanba kuni yuklangan ushbu videoda Buyuk Britaniyalik paralimpiyachi, stol tennisi ustasi Devid Uezeril germaniyalik raqibi Tomasz Kuziak tomon uyushtirgan ajoyib hujumi tasvirga tushirilgan.



Chiroyli hujumlariga qaramasdan Devid Ueteril uchrashuvni raqibiga boy berdi. Mag'lubiyatdan so'ng Twitter orqali uni qo'llab-quvvatlaganlarga o'z minnatdorchiligini bildirib, kelasi to'rt yil davomida Rio de Janeyroda o'tadigan 2016 yilgi Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishini aytib o'tdi.

Yozgi Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng o‘tkaziladigan Paralimpiya musobaqalari nogiron va jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun eng yirik xalqaro sport tadbiridir.
29 avgustdan 9 sentyabrgacha Londonda bo‘lib o‘tadigan XIV Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi uch sport turi bo‘yicha himoya qilmoqda.
XS
SM
MD
LG