Линклар

Шошилинч хабар
11 май 2024, Тошкент вақти: 00:07

Xayr, Epica - salom, Malibu


Chevrolet Epica avtomobili.
Chevrolet Epica avtomobili.
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi Chevrolet Epica avtomobilini yig‘ishni to‘xtatdi. Bu O‘zbekistonda Chevrolet Malibu avtomobili ishlab chiqarila boshlangani bilan izohlanmoqda.

Biznes-klass avtomobili hisoblanmish Epicani yig‘ish, ma‘lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2007 yili yo‘lga qo‘yilgan, o‘shandan buyon bu rusumdagi avtomobildan qariyb 9,5 ming dona yig‘ilgan.

Hozirgi paytda GM Uzbekistan Nexia, Lacetti, Malibu, Cobalt, Matiz, Spark, Captiva va Damas kabi avtomobillarni yig‘ayapti.

2011 yili mazkur qo‘shma korxona 221 445 dona avtomobil ishlab chiqargani aytilmoqda.

O‘zbekistonda yig‘ilgan avtomobillar ichki bozorda sotilish bilan bir qatorda yaqin xorij, xususan, Rossiya va Qozog‘istonda ko‘p sotiladi.
XS
SM
MD
LG