Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:58

Eng katta domen registratori kiber-hujum qurboni bo‘ldi


Internetdagi eng yirik ro‘yxatdan o‘tkazuvchi shirkat veb-sayti 10 sentyabr kuni xakerlar hujumi qurboniga aylandi.

Jami 50 millionga yaqin domen nomlarini nazorat qiluvchi Godaddy.com sayti Anonymous xakerlar guruhi tarafidan uyushtirilgan DDoS hujumiga bardosh bera olmay, ishdan chiqdi.

Shirkat sayti bilan birga u ro‘yxatga olgan va xosting xizmatini ko‘rsatib kelgan qator saytlar ham ishdan chiqqani aytilmoqda.

Anonymous Tvitter sahifasida aytilishicha, mazkur hujum, boshqalaridan farqli o‘laroq, guruhning bir vakili tarafidan uyushtirilgan va barcha mas‘uliyat uning zimmasidadir.

Asosan siyosiy qarashlar sabab hujumlar uyushtiruvchi Anonymous mazkur hujum sabablarini ochiqlamadi.

Godaddy.com shirkati 1997 tashkil qilingan va bugungi kunda Internetdagi eng katta ro‘yxatdan o‘tkazish sayti hisoblanadi. Uning xizmatidan qariyb 10 million kishi foydaladi.
XS
SM
MD
LG