Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:57

Aksilislomiy film tufayli Pokistonda YouTube sayti yopildi


Qator mamlakatlarda norozilik namoyishlariga sabab bo‘layotgan “Musulmonlar gunohsizligi” filmi Pokistonda YouTube veb-sayti yopilishiga sabab bo‘ldi.

Mamlakat Bosh vaziri Raja Parvez Ashraf 17 sentabr kuni mashhur video-xostingga kirish yo‘lini butunlay yopib qo‘yish haqida qaror chiqardi.

Avvalroq Pokiston hukumati YouTube va qator boshqa saytlarda joylashgan “Musulmonlar gunohsizligi” filmiga eltuvchi alohida ishoratlarga to‘siq qo‘ygan edi.

Pokistonning The Nation nashriga ko‘ra, mamlakatda bugungi kunga kelib aksilislomiy film joylashtirilmish 935 Internet saytga blok qo‘yilgan.

Eslatamiz, YouTube sayti Islom dini va Muhammad payg‘ambarni hajv etuvchi “Musulmonlar gunohsizligi” filmini olib tashlashdan bosh tortgan edi.
XS
SM
MD
LG