Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:16

O‘zbek kinorejissyori filmi eng yaxshi film, deb tan olindi


"Parizod" filmida bosh rolni Zarina Nizomiddinova ijro etgan.
"Parizod" filmida bosh rolni Zarina Nizomiddinova ijro etgan.

O‘zbek kinorejissyori Ayub Shaxobiddinovning "Parizod" filmi Rossiyadagi eng yirik kinofestivallardan biri hisoblangan “Kinoshok-2012” Gran-prisi sohibi bo‘ldi.

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Anapa shahrida o‘tkazilgan XXI “Kinoshok” festivalida o‘zbek rejisseri Ayub Shaxobiddinov suratga olgan “Parizod” filmi (ruscha nomi - "Nebesa - moya obitel") festivalning “To‘la metrajli eng yaxshi filьm” nominatsiyasida g‘olib, deb topildi.

Filьm stsenariysi taniqli adib Erkin A‘zamov qalamiga mansub.

Filьmdagi rollarni Zarina Nizomiddinova, Xayrulla Lutfullayev, Vazira Yunusova, Tolib Mo‘minov, Lola Eltoyeva hamda boshqa aktyor va aktrisalar ijro etgan.

“Azal-azaldan, bu yolg‘on dunyoda vaqti-vaqti bilan boshqalarga o‘xshamagan odamlar paydo bo‘lib turadi. “Parizod” filmi qahramoni ana o‘shalardan biri. Gap uning farishtanikiday chehrasi boshqalarnikidan farqlanishida emas. Gap bundaylarning boshqalarga ulgi bo‘lsin uchun yaratilganida. Bundaylar oramizdan, qalblarimizda o‘chmas iz qoldirib, ertaroq ketib qoladi”.

Bu 17 – 22 sentyabr kunlari Almati shahrida o‘tgan VIII “Evroosiyo” xalqaro kinofestivali rasmiy saytida e‘lon qilingan “Parizod” filmi annotatsiyasi. (“Parizod” bu festivalda ham ishtirok etdi)

“Kinoshok” festifali Gran-prisini olgan “Parizod” filmini ko‘rgan toshkentlik Feruzaning fikricha, Ayub Shahobiddinovning bu filmi “tijorat filmlari ko‘rishga ko‘nikib qolgan ko‘pchilik tomoshabinga yoqmasligi mumkin”.

Chunki, “Parizod” filmi, Feruzaning fikricha, “o‘ylatadigan film. Uning mag‘zini ko‘rib bo‘lganingizdan keyin chaqishingiz kerak bo‘ladi.

Filьm markazida - parilar yashaydigan qishloqlik Parizodning taqdiri. Film odamlar orasida tobora taqchil bo‘lib borayotgan mehr-oqibat haqida, deydi tomoshabin.

Rejisser Ayub Shaxobiddinov tomoshabinga o‘zining “O‘tov” filьmi bilan ham tanish. Kinotomoshabin Feruza rejisserning bu ikki filmini bir-biriga qiyoslar ekan, bunday dedi:

- “O‘tov”da voqealar birin-ketin aks etib boraveradi. Hamma narsa ochiq-oydin. “Parizod” filьmi esa, ramzlardan iborat, deydi kinotomoshabin.

Ayub Shaxobiddinovning “Parizod” filmi “Kinoshok” festivali bosh sovrinini olganidan “O‘zbekkino” milliy agentligining ham xabari bor ekan.

Agentlikning o‘zini tanishtirmagan vakili Ozodlikka bunday dedi:

- Biz hozir rasmiy press-reliz tayyorlayapmiz. Unda hammamizning fikrimiz aks etadi. Albatta, hammamiz xursandmiz, dedi “O‘zbekkino” milliy agentligi rasmiy vakili.

Film rejissyori Ayub Shaxobiddinov bilan suhbatni quyida tinglashingiz mumkin.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:17 0:00
Бевосита линк


Ayub Shaxobiddinov 1977 yili tug‘ilgan. Toshkent davlat san‘at institutini hamda Moskva oliy rejissura kurslarini tugatgan.

“Parizod”gacha rejisser “Qor qo‘ynida lola” “Ko‘rgilik” “O‘tov” “Kechikkan hayot” filьmlarini suratga olgan.

Anapa kinofestivalida gruzin rejisseri Zaza Urushadzening “Vasiy” filmi eng yaxshi rejissura uchun, Piter Simmning “Yolg‘iz orol” filmi eng yaxshi stsenariy uchun mukofotlandi.

Ozodlik radiosi Ayub Shaxobiddinovning qator festivallar mukofotlarini olgan ”O‘tov” filьm haqida “Televizor” ruknida hikoya qilgan edi.
XS
SM
MD
LG