Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:33

Googoosha o‘zining yangi klipi taqdimotini o‘tkazdi


Yakshanba kuni O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova (Googoosha) o‘zi qurdirgan City Makon madaniy-ko‘ngilochar majmuasida o‘zining "Round run” klipi taqdimotini o‘tkazdi.

Bu haqda O‘zinform axborot portali xabar qiladi.

Aprel oyida chiqqan Round Run (Girdikapalak) qo‘shig‘iga Gugusha iyul oyi o‘rtalarida Buxoroda klip oldirgan, uni AQSh va Lotin Amerikasida taniqli bo‘lgan klipmeyker Avi Cohen suratga olgandi. Ekranda uch yarim daqiqacha davom etadigan mazkur klipni suratga olish jarayoniga AQShdan yana bir kinorejissyor John Colombo ham jalb qilingan. Shuningdek, suratga olishda o‘zbek klipmeykeri yodgor Nosirov ham ishtirok etgan.

Suratga olish jarayonini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan buxorolik jurnalist o‘sha paytda Ozodlikka klip olinayotganda Buxoroning Eski shahar qismi qamal holiga keltirilgani haqida so‘zlagandi.

Avgust oyida o‘tkazilgan “Kelajak ovozi-2012” media-lagerining yopilish marosimida Gulnora Karimova bu gaplarni qisman tasdiqlagan, biroq qamal haqidagi iddaolar noto‘g‘ri ekanini ta‘kidlagandi. Uning aytishicha, klip olingan joylarda kishilar kadrga tushib qolmasligi uchun ulardan chetlanib turish iltimos qilingan, xolos.

Mazkur anjumanda so‘zlagan Gulnora Karimova qo‘shiqchilik bilan professional darajada shug‘ullanmoqchi emasligini ham urg‘ulagandi.

- Qachondir qo‘shiq aytish bilan jiddiy shug‘ullanaman, deb o‘ylamayman, chunki har bir odam o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak, deb hisoblayman. Buni professional ijrochi mendan ko‘ra yaxshiroq uddalaydi. Men birovning joyini egallab olmoqchi emasman, - degandi Gulnora Karimova (Googoosha).

Uzinformning yozishicha, o‘tgan kungi klip premyerasidan keyin Gulnora Karimova mehmonlar qarshisiga chiqib, uni qo‘llash uchun kelganlarga minnatdorchilik izhor qilgan. Keyin tomoshabinlar klipning yana bir marta namoyish qilinishini talab qilishgan. Klip premyerasi diskotekaga ulangan.

Ayni paytda, kuzatuvchilarga ko‘ra, City Makon majmuasidagi premьeraga borolmay qolgan qo‘shiqsevarlar attang barmog‘ini tishlamaslar ham bo‘ladi. “Chunki, tajribada ko‘rilganidek, Gugusha ijrosida biror yangi klip chiqishi bilan O‘zbekistondagi turli telekanallar uni kimo‘zarga paydar-pay namoyish qilishib, tomoshabinlarni zeriktirishga ham ulgurishadi hali”, demoqda kuzatuvchilar.

"Chayka ortidan chopib, visolingga tomda yetishaman" degan bayonga jo bo‘luvchi klip bilan esa hozircha shu yerda tanishishingiz mumkin:

XS
SM
MD
LG