Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:48

“Bunyodkor” avstraliyalik futbolchi maoshini to'lamayapti


Devid Karni
Devid Karni
Avstarliyalik futbolchi Devid Karni O‘zbekistonning “Bunyodkor” klubi besh oydan beri oylik bermayotgani haqida FIFAga shikoyat qilishini aytmoqda.

29 yoshli Avstraliya milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Devid Karni shu yilning fevral oyida “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma imzolagan edi.

Lekin, Karni o‘tgan hafta Avstraliyaning "Adelaida" klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushmadi. O‘shanda “Bunyodkor” murabbiysi Mirjalol Qosimov Karni haqida gapirar ekan “u o‘zinikida yaxshi o‘ynaydi, bizda esa yomon o‘yin ko‘rsatdi”, degan edi.

Devid Karni o‘z murabbiysining bu gapidan ham ancha ranjiganini aytmoqda, uning futbol agenti.

Avvalroq avstraliyalik futbolchi va "Bunyodkor" o'rtasidagi shartnoma ikki taraf roziligi bilan bekor qilingani haqida xabar tarqatilgan edi. Shunga qaramasdan Devid Karni ayni paytda Toshkentda qolmoqda.

Bundan oldin ham “Bunyodkor”ning boshqa o‘yinchilari oyliklari vaqtida berilmayotganidan shikoyat qilishgan, lekin jamoa murabbiysi Mirjalol Qosimov buni keskin rad etgan edi.

Braziliyalik taniqli futbolchi Rivaldo ham "Bunyodkor"da o'ynagani uchun o'zining 14 mln 291 688 dollarini ololmaganini aytgan.
XS
SM
MD
LG