Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:09

Futbol: "Bunyodkor" "Adelaida Yunayted"ga qarshi o‘ynaydi


Qatar -- Uzbek goalkeeper Temur Juarev concedes at the 2011 Asian Cup semi-final football match in Doha, 25Jan2011
Qatar -- Uzbek goalkeeper Temur Juarev concedes at the 2011 Asian Cup semi-final football match in Doha, 25Jan2011
Bugun Toshkentda o‘tadigan Osiyo Futbol Konfederatsiyasining Chempionlar ligasi chorak final javob o‘yinida poytaxtning “Bunyodkor” jamoasi va Avstraliyaning “Adelaida Yunayted” jamoasi maydonda kuch sinashishadi.

19 sentyabr kuni Avstraliyada o‘tgan chorak finalning dastlabki o‘yinida 2:2 hisobidagi durang natijasi qayd etilgan edi.

Bugungi o‘yin “Jar” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

“Qaldirg‘ochlar” an‘anaviy oq libosda, “qizillar” esa qizil libosda maydonga tushishadi.

Kecha bo‘lib o‘tgan o‘yinoldi matbuot anjumanida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov “Adelaida Yunayted” yengish oson bo‘lgan raqib emasligini aytib o‘tdi.

- Ertaga juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Sababi ikki yaxshi jamoa kuch sinashadi. Avstraliyadagi natijaga qaramasdan, ancha murakkab uchrashuv bo‘lishi tayin. Albatta ertaga, birinchi navbatda, himoyaga asosiy e‘tibor qaratiladi, - dedi bosh murabbiy.

Eslatamiz, bugun O‘zbekistonning futbol bo‘yicha 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi ham Eronda o‘tayotgan Osiyo chempionati yarim finalida musobaqa mezbonlariga qarshi maydonga tushadi.
XS
SM
MD
LG