Afg‘onistonlik toliblar AQSh va uning ittifoqchilari bilan bo‘lib o‘tgan 11 yillik urushda o‘zlarining g‘alaba qozonganlari haqida bayonot tarqatdilar.
Yakshanba kuni yoyinlangan bayonotda chet ellik harbiylar “Afg‘onistonni sharmandalarcha va xo‘rlangan holda tark etayotgani” ta‘kidlanadi.
Toliblar va “Al-Qoida” janggarilariga qarshi amaliyot 2001 yilning 11 sentyabr kuni AQShda amalga oshirilgan terrorchilik xurujlaridan biroz o‘tib boshlangandi.
Toliblar o‘sha paytda “Al-Qoida” va uning rahbari Usama bin Ladinni qo‘llab-quvvatlashlarini yashirmagandilar.
Xalqaro kuchlar Afg‘onistonni 2014 yil oxirida tark etishga hozirlanmoqdalar.
Bin Ladin 2011 yili Pokistonda AQShning maxsus topshiriqlar bajaradigan askarlari tomonidan amalga oshirilgan operatsiya chog‘ida o‘ldirilgandi.