Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:35

Bu yilgi Nobel mukofoti ilk sohiblari e‘lon qilindi


Fiziologiya va Meditsina bo‘yicha 2012 yilgi Nobel mukofoti yaponiyalik Shinya Yamanaka hamda britaniyalik Jon Gurdonga berildi.

Stokholmdagi Karolinska instituti Nobel qo‘mitasi a‘zosi Goran Hansson mukofotga sazovor topilgan ikki kashfiyotchi nomini e‘lon qildi.

- Karolinska instituti huzuridagi Nobel qo‘mitasi bugun Fiziologiya va Meditsina bo‘yicha 2012 yilgi Nobel mukofotini yetuk hujayralarning plyuripotent hujayralarga aylanishi uchun qayta programmalashtirish mumkinligini kashf qilgan Jon B. Gurton va Shinya Yamanakaga berishga qaror qildi, dedi Goran Hansson.

Hujayra biologiyasi sohasidagi tadqiqotning bosh maqsadi odam organizmidagi oddiy hujayralardan o‘zak hujayralarini yetishtirishga qaratilgan.

Bu 15 oktyabrga qadar e‘lon qilinishi rejalangan oltita Nobel mukofotining birinchisidir.
XS
SM
MD
LG