Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:43

Mishel Platini bugun Toshkentga keladi


Mishel Platini Qirg'izistonga qilgan tashrifi chog'ida mahalliy "Alg'a" (Bishkek) va "Alay" (O'sh) futbol jamoalari o'rtasidagi o'yinda mehmon bo'ldi.
Mishel Platini Qirg'izistonga qilgan tashrifi chog'ida mahalliy "Alg'a" (Bishkek) va "Alay" (O'sh) futbol jamoalari o'rtasidagi o'yinda mehmon bo'ldi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bo'yicha turneda yurgan Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UYeFA) prezidenti Mishel Platini bugun ikkin kunlik ish safari bilan Toshkentga tashrif buyuradi.

Tashrifi davomida Platini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamda O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov bilan uchrashadi. Shuningdek, rejaga muvofiq, UYeFA rahbarining "Paxtakor" va yangi qurib bitkazilgan "Bunyodkor" stadionlarini ham ko‘zdan kechirishi nazarda tutilgan.

Mishel Platiniga UYeFA Ijroqo‘mi a‘zosi Marios Lefkaritis, UYeFA prezidenti maslahatchisi Paskal Torres, UYeFA prezidenti yordamchisi Monika Mxitaryan va Ozarboyjon futbol federatsiyalari uyushmasi bosh kotibi Elxan Mamadov hamrohlik qilishadi.

Platini boshchiligidagi delegatsiya 12 oktyabr kuni Toshkentdan Turkmanistonga jo‘nab ketishi aytilmoqda.

Platinining Markaziyo Osiyo davlatlariga bo'lgan safari 9 oktyabr kuni Qirg'izistondan boshlandi. Bishkekda UYeFA rahbari mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev va qator rasmiylar bilan uchrashdi.

10 oktyabr kuni Mishel Platini Dushanbe shahriga tashrif buyurdi va u yerda ham mamlakat prezidenti bilan uchrashdi.

2012 yilning may oyida Vengriya poytaxti – Budapesht shahrida tashkil etilgan FIFA kongressida O‘FF prezidenti Mirabror Usmonov hamda UYeFA rahbari Mishel Platini ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Platinining Toshkentga bo‘lajak tashrifi aynan o‘sha uchrashuvdagi samimiy taklif sabab amalga oshiriladi, deyiladi O‘FF rasmiy saytida.

Biroq sportga bag'ishlangan Internet forumlarining ayrim ishtirokchilari Platinining Markaziy Osiyo davlatlariga qilayotgan tashrifi uning 2015 yilda FIFA prezidentligiga nomzodini qo'yishiga ishora etishini aytishmoqda.

Eslatamiz, joriy yilning may oyida FIFA rahbari Zepp Blatter ham O'zbekistonga tashrif buyurib, prezident Islom Karimov qabulida bo'lgan edi.
XS
SM
MD
LG