Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:22

Samsung shirkati Galaxy S III ning kichraytirilgan versiyasini chiqardi


4,8 dyuymli ekran bilan jihozlangan Galaxy S III smartfoni.
4,8 dyuymli ekran bilan jihozlangan Galaxy S III smartfoni.
Samsung shirkati 11 oktyabr kuni smartfonlar bozorida yetakchi o'rinlarni egallashga ulgurgan Galaxy S III mobil telefonining kichraytirilgan versiyasini e'lon qildi.

Samsung shirkatining mobil telefonlar bo'limi rahbari Chon-Kyun Shinga ko'ra, Galaxy S III Mini ning ekrani 4 dyuymni tashkil qiladi.. Mazkur smartfonning "original" versiyasi 4,8 dyuysmli ekranga ega.

Galaxy S III ning "kichrayishi"ga Yevropadagi 4 dyuym ekranli mobil telefonlarning mashhurligi sabab bo'lgani aytilmoqda.

Mini smartfoni plastikdan yasalgan korpusga ega bo'lib, uning og'irligi 111 gramdir (Galaxy S III dan 22 grammga yengil). Ekranidagi piksellar esa 480ga 800 nuqatani tashkil etadi.

Galaxy S III Mini ikki yadrolik protsessor bilan jihozlangan. Smartfonning "katta" modeli to'rt yadrolik protsessorga ega.

Eslatamiz, Samsung shirkati raqibi Apple kompaniyasi 21 sentabrda 4 dyumli ekran bilan jihozlangan iPhone 5 smartfonini sotuvga chiqargan edi.

Mobil telefonlar ishlab chiqaruvchi eng katta shirkat hisoblanmish Samsing Galaxy S III smartfonini joriy yilning may oyida sotuvga chiqargan.

4 dyuymli Galaxy S III ning narxi qancha bo'lishi hozircha noma'lum. Ekrani 4,8 dyuymli Galaxy S III Toshkent bozorlarida 600 AQSh dollari atrofida turadi.
XS
SM
MD
LG